Alisher Navoiyning Hayrat ul - abror dostonida hukmdorlar obrazi

Alisher Navoiyning Hayrat ul - abror dostonida hukmdorlar obrazi

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning Hayrat ul - abror dostonida hukmdorlar obrazi - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning Hayrat ul-abror dostonida hukmdorlar obrazi Reja: Kirish I bob. Hayrat ul-abror dostonida adolatli hukmdor talqini 1.1. Hayrat ul-abrorda hukmdorga bo'lgan munosabatning badiiy ifodalanishi. 1.2. Shoh G'oziy Alisher Navoiy talqinida. 1.3. Sulton Badiuzzamon madhida adolat talqini (LX bob) II bob. Yuksak insoniy fazilatlar talqinida hukmdorlar obraziga murojaat 2.1 No'shiravoni odilning hayosi talqini 2.2 Vafo va sadoqat talqinida adolatli hukm 2.3 Ilm-u ma'rifatning shohlikdan ulug'ligi talqini 2.4 Iskandar va Bahrom haqidagi hikoyatlarda shohga xos fazilatlarning ulug'lanishi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. 1.1. Hayrat ul-abrorda hukmdorga bo'lgan munosabatning badiiy ifodalanishi. Alisher Navoiyning Hayrat ul- abror dostonidagi uchinchi maqolatda ulug' shoirning hukmdor haqidagi qarashlari o'zining badiiy ifodasini topgan. Dostonning XXVI bobini tashkil etuvchi ushbu maqolat Salotin bobidakim, … adolatlari aynining chashmayi zuloli mulk bo'stonin serob qilg'ay, to bu bo'stondin amniyat va farog'at gullari ochilg'ay… tarzidagi sarlavha bilan boshlanadi. Ayonlashadiki, maqolatda so'z podshohlar va ularning nomlarini mangu bo'lib qolishiga daxldor bo'lguvchi adolatli siyosatlari xususida boradi. Adolat so'zi arab yozuvida ayn harfi bilan yoziladi. Mutafakkir shoir uning birinchi harfidan kelib chiqib, juda chiroyli tashbehni o'z o'rnida, maqolat sarlavhasidayoq qo'llaydi. Shoir fikricha, adolatning ayniga tegishli zilol chashma mamlakat bo'stonini serob qilsinki, toki uning shaffof suvlaridan amniyyat, ya'ni tinchlik va farog'at gullari ochilgay. Ko'rinadiki, shoir mamlakat boshqaruvchisiga nihoyatda katta umid bilan ko'z tikkanini sarlavhadayoq badiiy tasvirlaydi. Maqolat 107 baytdan tashkil topgan bo'lib, uning dastlabki 14 baytida Alisher Navoiy o'zining e'tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib, Allohning podshohga bergan inoyatlari xususida nihoyatda katta ehtiros bilan mulohazalarini badiiy tasvirlaydi. U quyidagi satrlar bilan boshlanadi: Ey falak avjidin o'tub rif'atin, Oy-u quyoshdin chalinib navbatin. Taxting o'lub davlati jovid mulk, Soyayi charting aro xurshed mulk. Toj boshingdin bo'lubon sarbaland, Taxt ayog'ingdin o'lub arjumand. [6, 121] Ey falak avjidin o'tub rif'atin, Oy-u quyoshdin chalinib navbatin. Taxting o'lub davlati jovid mulk, Soyayi charting aro xurshed mulk. Toj boshingdin bo'lubon sarbaland, Taxt ayog'ingdin o'lub arjumand. [6, 121] 1.2. Shoh G'oziy Alisher Navoiy talqinida G'oziy so'zi Navoiy asarlari lug'atida g'azot qiluvchi, urush qilib g'alaba qozongan singari ma'nolarni anglatishi qayd etilgan. [6,754] Navoiy yashagan davrlarda jahongirlik sharaf sanalganligi bois boshqa o'lkalarni o'ziga bo'ysundirishga har bir hukmdor harakat qilib turgan. Tabiiyki, Sulton Husayn Boyqaro ham bundan tashqarida turgan emas. To'g'ri, u boshqa mamlakatlarga qo'shin tortib bormagan bo'lsa-da, mamlakat ichkarisidagi nizolarni bartaraf etish uchun u ham janglar olib borgan. Alisher Navoiy Shohi G'oziy timsolida Husayn Boyqaroni nazarda tutgan Andaki g'oziy shahi farxurda baxt, Toj olayin deb talishur erdi taxt. Yuz, iki yuzcha kishi birla qazoq Gahi yeri Xorazm erdi, gah ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.34 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga