Alisher Navoiyning ilmiy merosi Muhokamat ul - lug'atayn Mezon ul - avzon Majolis un - nafois

Alisher Navoiyning ilmiy merosi Muhokamat ul - lug'atayn Mezon ul - avzon Majolis un - nafois

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning ilmiy merosi Muhokamat ul - lug'atayn Mezon ul - avzon Majolis un - nafois - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning ilmiy merosi Muhokamat ul-lug'atayn Mezon ul-avzon Majolis un-nafois Reja: 1. Navoiyning ilmiy nasri (ilm sohalari bo'yicha umumiy ma'lumot). 2. Muhokamat ul-lug'atayn asarining filologik aha miyati. 3. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlari, Mezon ul-avzon va aruzshunoslik. 4. Majolis un-nafois va XV asr adabiy muhiti (asar tuzilishi, majlislar mundarijasi (Atoyi, Sakkokiy, Lutfiy, Jomiy va Husayniy haqidagi ma'lumotlar tahlili). Alisher Navoiyning nasriy asarlari mavzu, janr va badiiyati jihatidan rang-barangdir. Bu asarlar qanday mavzuga bag'ishlanganliklaridan yoki qaysi janrga mansubliklaridan qat'iy nazar o'sha davrdagi nasrning ilmiy-badiiy, estetik talab va mezonlariga to'la-to'kis muvofiq bo'lib, Navoiyga qadar bo'lgan turkiy-o'zbek nasrini har jihatdan boyitdi. Alisher Navoiyning nasriy asarlari asosan o'zbek tilida yozilgan bo'lib, Risolai muammo va Devoni Foniydagi nasriy debocha fors-tojik tilidadir. Alisher Navoiyning nasriy asarlarini yo'nalishi nuqtayi nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ilmiy, tazkira, holot, ijtimoiy-axloqiy. 1. Risola. Alisher Navoiy nasriy risolalarining bir qismi ilmning turli sohalari, jumladan, adabiyot nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, iqtisod va madrasalardagi ta'limning amaliy masalalariga bag'ishlangan. Quyida bularning ayrimlari haqida muxtasar to'xtalamiz. Muhokamat ul-lug'atayn. Ikki til muhokamasi deb nomlangan bu asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499 melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan: Bu nomaki, yozdi qalamim tortib til, Tarixin aning jumodiyul-avval bil. Kunnung raqamini chorshanba qilg'il, To'qqiz yuz yildin o'tub erdi besh yil. (16-tom, 40) Muhokamat ul-lug'atayn da turkiy-o'zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o'rganish vositasida turkiy-o'zbek tilining Sharqda mashhur bo'lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so'z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko'pgina misollar, jumladan yuz lafz (yuzta so'z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma'no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham o'z ifodasini topgan. Turkiy va sort lug'ati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam' qilib bitidim va anga Muhokamat ul-lug'atayn ot qo'ydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balog'atu vus'ati… zohir qildim. Va xayolimg'a mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulug' haq sobit qildimki, o'z alfoz va iboratlari haqiqati va o'z til va lug'atlari kayfiyatidin voqif bo'ldilar [16-tom, 40]. Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida so'z yuritganda o'sha davrda mashhur bo'lgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos bo'lgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi. Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balog'ati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda …turk nozimlari (shoirlari) o'z alfozlari bilan she'rg'a mashg'ulluq qilg'aylar va ko'ngul g'unchasi dog'idinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilg'aylar [16-tom, 38]. Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lug'aviy boyligini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.89 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga