Alisher Navoiyning Sabbayi Sayyor dostonida ranglar psixologiyasi MUNDARIJA KIRISH……4 I BOB. Adabiyotda ranglar tasviri ifoda vositasining ekanligi va uning tarixiy genezisi…….……8 II BOB. A.Navoiy asarlarida qahramon ruhiyati va ranglar tasviridagi ifodaviylik. ……25 II. BOB. Sabba'i sayyor dostonining syujet kompoztsiyasida ranglar mohiyati ……52 XULOSA……61 ADABIYOTLAR RO'YXATI…….64 KIRISh Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo'lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlovchi biron-bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa. Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. I.A.Karimov Mavzuning dolzarbligi: Tarix hukmi shunga guvohki, xalqchil insonparvar va yuksak san'at namunasi bo'lgan asarlargina davrlar sinovidan o'tib, yangidan-yangi avlodlarga ma'naviyat va ma'rifat nurlarini taratib ardoqli meros sifatida qadrlanadi. Ulug' Alisher Navoiy yaratgan bebaho badiiy durdonalar ana shunda xushbaxt taqdirga ega. Yana shu ham haqiqatki, buyuk obidalarni bunyod etolgan umri bezagi mutafakkirlarning har bir so'zi inson va insoniyat, hayot va jamiyat haqidagi qarashlari go'zallik, nafosat borasida bildirgan mulohazalari qimmatli va qadrlidir. Zero ular pok qalb va ezgu niyatning, zukko aql va benazir teran shuurning ummonidan yuzaga kelgan bo'lib, g'oyat kuchli umumlashma xususiyatga ega. Alisher Navoiy har bir so'zi shu bois hozir ham purma'no hurmat bo'lib jaranglamoqda, hozir ham bizga ibrat va saboq bo'lmoqda. San'at turlarini o'zaro sintezi bizga boshqa bir san'at turining boy imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilish bizga uning keng holatdagi badiiyatini ochib beradi. She'riyatdagi vazn, buning isbotidir. Rassomchilik ya'ni rangtasvir va badiiy adabiyotning uyg'unlashuvi ham shular jumlasidandir. Tasviriy san'at va adabiyotning o'zaro sintezi Sharqda avvaldanoq rivojlanganligini kuzatish mumkin. Masalan: Zumrad va Qimmat ertagida oq va qizil rangli sandiqlarning berilishi va ushbu ranglar orqali ezgulik va yovuzlik mazmunining ifodalanishi, yoki Tohir va Zuhra dostonida Tohirning sandiqda oqib kelishi shular jumlasidandir. Rassom ijodidagi rangtasvirni ko'r - ko'rona mushohada eta olsak, adabiyotda berilgan ranglarni mushohada eta olishlik uchun ranglarning nedan so'zlamoqchi ekanligini bilish zarur. Biz yoritmoqchi bo'lgan mavzu o'zida ortig'i bilan tasviriy san'at va adabiyotning oliy uyg'unlashuvini bera olgan, Alisher Navoiyning Sab'ai Sayyor asaridagi ranglar jilosini ifodalashdan faqatgina ifodalabgina qolmay, ranglar ortidagi dunyoni ham ochib berishdan iborat. Ayrim maqola va fikr - mulohazalar hisobga olinmaganda, o'zbek mumtoz she'riyatida rang ramzlari va ma'nolari muammosi hali maxsus tadqiq qilingani yo'q. Alisher Navoiy uslubiy me'rosi undan keyin yashab, ijod qilgan bir necha yirik qalam ahli uchun o'ziga xos ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.87 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.87 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: doc