Alisher Navoiyning tarixiy va ilmiy asarlari Reja: Tarixi muluki Ajam va Tarixi anbiyo va hukamo asarlari haqida. Muhokamat ul-lug'atayn- o'zbek tilshunosligining noyob yodgorligi. Mezon ul-avzon asarlaridagi ilmiy qarashlar. Alisher Navoiyning islom dini asoslariga bag'ishlangan asarlari. Tarixiy-memuar xarakterdagi asarlar. Navoiy maktublari. Alisher Navoiy turkiy adabiyotda o'zining dilbar lirik she'rlari bilangina emas, balki takrorlanmas nasriy asarlari bilan ham o'lmas iz qoldirgan adibdir. Navoiyning nasriy asarlari tarixiy, tarixiy-memuar, ilmiy, diniy, tasavvufiy hamda axloqiy-ta'limiy mavzularga bag'ishlangan. Tarixi muluki Ajam asari ajam shohlari tarixiga bag'ishlangan. Unda Navoiy fors sultonlarini 4 tabaqaga ajratadi: 1. Peshdodiylar. 2. Kayoniylar. 3. Ashkoniylar. 4. Sosoniylar. Peshdodiylar tabaqasidagi 11 podshoh haqida ma'lumot beriladi. Kayumarsdan boshlab Jamshid, Zahhok, Afrosiyob, Girshosbgacha bo'lgan podsholarning podsholik qilgan yillari, amalga oshirgan ishlari, ixtirolari, xarakterli jihatlarini yoritishga harakat qiladi. Masalan, Navoiy Jamshid haqida gipirib, shularni qayd etadi: G'arib ixtirolar qildi. Va ul jumladin sipohiylik aslihasidurkim, paydo qildikim, ondin burun tosh va yig'och erdi. Sinon va harba va pichoq, ba'zi habba ham debdurlar, qalqon ham debdurlarkim ul yasadi. Va hammom bino qildi va g'avvoslig' xayol qildi. Va ipak va qazz va ko'prak to'qur nimalarni va ranglarni arog'a kiyurdi (199-bet). Kayoniylar tabaqasidagi 9 podshoh haqidagi ma'lumotlar orasida Humoy xotinning saltanatni boshqargani haqidagi ma'lumotlar o'ta muhimdir. Bahman ismli podshoh qizi Humoy homilador bo'lganda uning qorniga tojni qo'yib, taxtni Humoyga topshiradi. Humoy farzandi tug'ilib, voyaga yetguncha davlat boshqarishi, keyin esa taxtni o'g'liga topshirishi kerak edi. Ammo o'g'li tug'ilgandan keyin uni bir sandiqqa solib daryoga oqizadi. Sandiqni Gozur ismli bir kishi topib olib, chaqaloqqa Dorob deb nom qo'yadi va uni tarbiya qiladi. Dorob ulg'ayib, Humoy qo'shiniga mulozim bo'lib qo'shiladi va janglarda ko'rsatgan jasorati uchun podshoh e'tiboriga tushadi. Humoy o'g'li Dorobni ko'rgan zahoti ona qalbi bilan uning o'z farzandi ekanligini his qiladi va davlat boshqaruvini unga topshiradi. Shuningdek, ashkoniylar tabaqasiga mansub bo'lgan 15 hukmdor hamda sosoniylarga mansub 29 podshoh haqida ham ma'lumotlar beriladi. Asar, asosan, nasrda yozilgan bo'lib, deyarli har bir podshoh haqidagi ma'lumotdan so'ng a-a-b-b tarzida qofiyalangan va shoir tomonidan she'r deb nomlangan to'rtliklar keltirilgan. Asar nihoyasida 50 baytdan iborat masnaviy berilgan bo'lib, u Husayn Boyqaroga bag'ishlangan. Undagi ushbu misralar Husayn Boyqaroni shoh, darvesh va inson sifatida ulug'langanligini isbotlaydi: Shaho keldi shahlig' musallam sanga, Ne shahlig'ki darveshlig' ham sanga. Desam aylayin vasfing oson emas, Ki mingdin birin demak imkon emas. Shuningdek, shoir ushbu masnaviyda Husayn Boyqaroga bag'ishlangan, uning tug'ilishidan to podshohlik damlarigacha bo'lgan davrini, sifatlarini tarannum qiluvchi bir asar yozish niyati borligini ham qayd etadi. Asarning asosiy g'oyasi-odil podshohlarni maqtash va zamona ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.48 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.48 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: doc