Alisher Navoiyning Xamsa asari Reja: Xamsachilik an'anasi va Navoiy Xamsa sining yaratilishi. Hayrat ul-abror-axloqiy-ta'limiy doston. Farhod va Shirin dostoni mavzusi. Dostonning tasavvufiy talqinlari. Layli va Majnun da ilohiy va majoziy ishq talqini. Sab'ai sayyor dostonidagi qoliplovchi hikoya va hikoyatlar syujeti. Saddi Iskandariy dostonidagi Iskandar komil inson timsoli. Navoiyning Xamsa yaratishdagi novatorligi. Xamsa - beshlik- 5 ta mustaqil dostondan iborat bo'lgan yaxlit asar sanalib, har bir doston ma'lum bir mavzu voqealarni atroflicha va keng usulda masnaviy yo'lida yoritib beradi. Sharq adabiyotida bu an'anani buyuk Ozarbayjon shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Uning Xamsa si quyidagi dostonlardan iborat edi: Maxzan ul-asror (1173-1179). Xusrav va Shirin (1180-1181). Layli va Majnun (1188). Haft paykar (1196). Iskandarnoma (1196-1201). 28 yil davomida yozilgan bu 5 doston Panj ganj nomi bilan shuhrat topadi. Oradan 100 yil o'tgach, asli Shahrizabzlik bo'lgan, mug'ul yag'mosi davrida Hindistonga borib qolgan Xusrav Dehlaviy Nizomiy ishini davom ettirdi. U 1299-1301-yillarda Matla' ul-anvor, Shirin va Xusrav, Layli va Majnun, Hasht behisht, Oyinai Iskandariy dostonlarini yaratdi va Sharq adabiyotida xamsachilik an'anasining paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. An'anaga ko'ra, har bir asar Xamsa deb atalmog'i uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak: beshta dostondan tashkil topishi; 1- doston pand-nasihat ruhidagi ta'limiy-axloqiy, falsafiy bo'lishi; 3-doston Xusrav va Shirin mojorolariga bag'ishlanishi; 3- doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olishi; 4- doston Bahrom, 5 doston Iskandar haqida bo'lishi shart edi. Xusrav Dehlaviydan keyin xamsachilik an'anasini ishqiy-axloqiy, tasavvufiy mavzularda dostonlar yaratgan Eron shoiri Xoju Kirmoniy davom ettirdi. Alisher Navoiyning Muhokamat ul-lug'atayn asarida aytilishicha, uning asari Xamsai Xoju deb nomlangan. XV asrga kelib ikki buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bular Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar edi. Abdurahmon Jomiy keyinchalik Xamsa siga yana ikkita doston qo'shib, uni Haft avrang (Yotish taxt) deb ataladi: Silsilat o'z-zahhob (Oltin silsila) Solomon va Absol Tuhfat ul-ahror (Hurlar tuhfasi) Sahat ul-abror (Poklar tasbehi) Yusuf va Zulayho Layli va Majnun Xiradnomai Iskandariy Alisher Navoiy Xamsasi XV asrdagi xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda o'sha davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o'z aksini topgan. Navoiyning Xamsa si boshqalardan farqli ravishda turkiy tilda yozildi, nafaqat o'zbek, balki umumturkiy adabiyotning ham yuksak cho'qqisi bo'lib qoldi. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan xamsachilik an'anasi Navoiy ijodida o'z takomilini topdi. Navoiy Xamsa sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Abdurahmon Jomiy va Husayn Boyqaroning hayrat va yuksak e'tirofi ushbu haqiqatga dalildir. Farhod va Shirin dostoni Xamsa ning 2 dostoni bo'lib, unda Navoiyning mukammal ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.4 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: doc