An'anaviy folklor muammolari

An'anaviy folklor muammolari

O'quvchilarga / Adabiyot
An'anaviy folklor muammolari - rasmi

Material tavsifi

An'anaviy folklor muammolari Folklor-xalqning o'zi haqidagi badiiy xotirasi. Bu xotirani saqlab qolish va kelgusi avlodlarga mukammal holida yetkazish, keng ma'noda, an'anaviy folklor va uning hozirgi ahvoli masalasining tarkibiy qismiga taaluqli masala hisoblanadi. Mantiqan olib qaralsa, xalq yashar ekan, uning og'zaki ijodi ham yashaydi. Bu-inkor qilib bo'lmas haqiqat. Ammo xalqning o'zi ham, u yaratgan ijod namunalari ham tarixiy tushuncha. Buning ma'nosi shuki, davrlar o'tishi bilan xalqning moddiy ahvoli, ma'naviy qiyofasi ham o'zgaradi. Shu jihatdan qaralsa, qachonlardir xalqning badiiy dahosi yaratgan ma'naviy boylik-xalq og'zaki ijodi yangi yaratilajak ijod namunalariga o'z o'rnini bo'shatib berishi tabiiy. An'anaviy folklor xalq xotirasidagina saqlanadi. Ammo xalq xotirasi ham ma'lum darajada zamonaviy cheklashlarga ega. Yozma adabiyot ma'naviy hayotimizning barcha jabhalarini to'la egallab olgan hozirgi davrda an'anaviy folklorning o'rni va vazifasi ancha torayganligi ayni haqiqatdir. An'anaviy folklor janrlarining ijro etuvchilarning tobora ozayib borishi sababli bir qancha og'zaki ijod namunalari ham unutilib ketmoqda. An'anaviy folklor janrlarining izsiz unutilib ketish xavfi kuchaygan sayin ularni saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish muammosi allaqachonlardan buyon ko'pchilikning diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Ilm-fan va madaniyat xodimlari, ziyolilar, ta'lim-tarbiya muassasalari, folklorshunos mutaxasislar tashabbusi bilan XX asrning 20-yillaridan buyon tashkil etilib kelingan folklor-etnografik ekspeditsiyalari xalq ijodining ko'plab nodir namunalarini yozib olib, davlat arxivlariga topshirdi. Shu tufayli xalqimizning asrlar mobaynida yaratgan ijod mahsuli yillar to'fonida izsiz yo'qolib ketishdan saqlab qolindi. Ammo qog'oz yoki magnit tasmalarga yozib olingan, arxivlarga topshirilgan xalq ijodi namunalari o'lik material holida saqlanishini ham unutmaslik zarur, Ular ijodkor va ijrochilar tomonidan qayta-qayta kuylanmas ekan, o'zlarining g'oyaviy-badiiy jihatdan dolzarbligini yo'qotishlari tabiiy. Xolbuki, jonli ijroda eng arxaik folklor namunalari ham barcha davrlar va avlodlar uchun hozirjavoblik xususiyatiga ega. Bevosita ana shu xususiyatgina an'anaviy folklor janrlarining zamonaviyligini hamisha ta'minlab keladi. An'anaviy folklor asarlarini yozib olish, ko'plab nusxalarda chop ettirish va shu orqali xalq ongini, uning qalb olamini boqiy ma'naviy ziyo bilan nurlantirish XIX asrning so'nggi choragida, kengroq miqyosda esa XX asrning boshlaridan boshlangan. Ana shu davrlarda boshlangan bu an'ana aniq ilmiy-madaniy dasturlar asosida emas, balki ko'proq folklor havasmandlari, bosmaxona egalarining moddiy manfaatlari asosida olib borildi. XX asrning 20-yillariga kelib, bu ish bilan folklorshunoslar, etnograflar muntazam shug'ullana boshladilar. G'oziolim Yunusov, H.Zarif, B.Karimiy, M.Alaviya, M.Afzalov kabi olimlar esa bu xayrli ishlarda jonbozlik ko'rsatdilar. Ma'lumki, XX asr insoniyat tarixida, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari taqdirida keskin burilishlar yasadi. Oktabr to'ntarishidan keyin xalqning moddiy va madaniy hayotida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi; mamlakatni to'la elektrlashtirish, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, savodsizlikni tugatish kishilar ongini o'zgartirib yubordi, kundalik turmushimizga radio, kino, televideniye kirib keldi, professional teatr va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 438.69 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 438.69 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga