Anbar Otin hayoti va ijodi haqida (1870 - vafot yili ma'lum emas) Anbar Otin-XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoira. Anbar Otin - lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuyg'ularini o'ziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud. Shoira ijodida o'z davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari ko'tarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng o'rin egallaydi. . Anbar otin Anbar Otin (1870-19141917) Shoiraning hayoti va ijodidan fanimiz XX asrning 60-yillarida xabar topdi. 1963 yili professor L.Qayumov va F.Husayinova shoira asarlarini topib, e'lon qildilar. 1964 yili ushbu tadqiqotchilarning «Demokrat shoira Anbar Otin» risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to'ldirilgan nashri amalga oshirildi. Anbar Otin Qo'qonda kosib oilasida tug'ilgan. Otasi Farmonquli asli marg'ilonlik bo'lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Abdulg'ani qizi ham kosib oilasidan edi. Bu ojiza sakkizdan o'n to'rt yoshgacha odob ta'limiga mashg'ul bo'ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo'lg'usi». Bo'lajak shoirani o'n to'rt yoshlarida o'ratepalik novvoy Zohidxo'ja ismli yigitga uzatadilar. Zohidxo'ja she'riyat muxlisi bo'lib, qo'qonlik mashhur shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular faqirona, lekin baxtli turmush kechiradilar. Mo'minxo'ja, Bibixon, Usmonxo'ja, Ominaxon degan farzandlar ko'radilar. Anbaroy hassos she'rlari bilan «Anbar Otin» bo'lib taniladi. Biroq baxtsizlik yuz beradi. Anbaroy o'ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyida bo'lgan bir ziyofatda baland zinadan yiqilib, oyog'i sinadi va bir umr to'shakka bog'lanib qoladi. Uning ustiga qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodidagi mahzunlikni ustuvor qilib qo'yadi. Shoira shafqatsiz taqdirga achchiqma- achchiq ijod etdi. Qo'lidan qalamini qo'ymadi. Aksincha, qalami unga kuch berdi. 1910 yili adabiyotimiz tarixining yorqin bir sahifasi bo'lib qolgan «Qarolar falsafasi» asarini yaratdi. Anbar Otinning qachon vafot etgani ma'lum emas. Ayrim she'rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog'liq voqealar tasviri ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar. Anbar Otin ijodining asosini uning she'riyati hamda «Qarolar falsafasi» nomli nasriy asari tashkil qiladi. Uning e'lon qilingan she'rlari adadi 90 ga yaqin. 1966 yili arab alifbosi harflariga bag'ishlangan «Yakka baytlar»i topildi. Nihoyat, u o'zbek va tojik tillarida birday ijod qila olgan shoiradir. 1977 yili adabiyotshunos M. Qodirova uning 17 she'rini o'zbekcha tarjimasi bilan nashr etgan edi. Shoira she'rlarida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli. Uning uchun adolatsizlik konkret tushuncha. U buni, avvalo, jannatday yurtning o'z egalari xor bo'lib, kelgindilar tasarruf etayotganligida ko'radi. Shu sababli yurtdoshlariga murojaat qilib, uni ozod va obod etmoqqa chaqiradi. U yozadi: Ey go'zal Farg'ona, o'zingni kel emdi, shod qil, Har g'azalni boshida, sen, o'z otingni yod qil, Qaydi bandni pora aylab, o'zlugung ozod qil, Qayg'ulik qunlarni kuydur, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
697.52 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
697.52 KB
Ko'rishlar soni
155 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: ppt