11-sinf adabiyot darsligi asosida 16-mavzu: XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlari o'zbek adabiyotida shoiralar ijodi alohida o'rin tutadi. Anbar Otin ham ularning biri edi. Shoira «tarjimaiy hol» asarida, jumladan, shunday deydi: Otam - Farmonquli Marg'iloniy, Onam - Ashurbibi Qo'qoniy. Ular bo'zchi, aniqrog'i, belbog'chilik bilan mashg'ul bo'- lishgan. Oila juda kambag'al yashagan: Alar belboqchi - bo'zchi erdi kasbi, Hamisha makkayidan erdi noni, Ki «Bo'zchi yolchimas belboqqa» doim, Yana juft bo'lmas erdi bir choponi. Kambag'alchilik va nochorlik oilaviy hamjihatlikka ham putur yetkazadi. Anbar va uning ukasi o'gay ota tarbiyasida qoladi. Anbarni Qo'qon shahriga - Zohidxo'ja degan kishiga turmushga uzatishadi (Anbar Otin she'rlaridan birida uni «zahmat ahli»dan deb yozadi, «Debocha»da esa uning «O'ratepadan yalangoyoq yetim kelg'an»ini ko'rsatib o'tadi). Ularning to'rtta farzandi bo'lgan: Mo'minxo'ja, Bibixon, Usmonxo'ja, Ominaxon (yoshligida vafot etgan). Bo'lajak shoira Dilshod otin maktabida tahsil olgan. Dilshod Barno bu haqda shunday deb yozgan edi: «Anbaroy bug'doyrang, sunbul sochli, ohu ko'z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha bo'lishiga qaramay, hazrat Navoiy g'azallarini o'rganishga behad qiziqadi Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo'lg'usi». Anbar Otin o'zbek va tojik tillarida ijod qilgan. She'rlarida Uvaysiyning ta'siri sezilib turadi. Zero, Uvaysiyni bir she'rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga Uvaysiyning amma ekanini ta'kidlaydi. Ustozlarning ulug'i sifatida Navoiyni tilga oladi: Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin, Sen Navoiy ta'limini doim mutolaa qil. «Haziniy to'dasi» degan ibora Anbar Otin qiziqqan ijodiy davraning nomidir. Shuningdek, Muqimiy, Furqat, Kamiy, Zavq iy, Shavqiylar ijodi ham shoira uchun qiziqarli bo'lgan. (She'rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan). Anbar Otin O'rta Osiyoning Chor Rossiyasi istilosi davrida yashagan. U rus madaniyati, san'ati va adabiyoti, ayniqsa, maktab-maorif sohalaridagi ilk o'zgarishlarni ko'rib, ularga nisbatan dastlab ijobiy baho beradi: Qo'shulub mulki Farg'ona o'rusga bu saro bo'ldi, O'rus o'zbek elig'a tug'ishgandek ag'o bo'ldi. Keyin bu siyosatning qora va jirkanch tomonlarini ham («qilich yonig'a to'pponcha qo'shulub») ko'ra bildi: Quvonib ibtidoda o'yladi el: «Zulm ketdi», deb, Kelib zolim, mulozim birla tezda hampo bo'ldi. Anbar Otin mahalliy va rus hukumati vakillarining birgalashib uylarini tortib olgani, oqibatda katta oilaning kichik hovlichada qamalib qolgani haqida ham she'riy misralar bitgan. Muhimi, u «ikki yoqlik zulmni» ko'plardan oldin ko'ra bilgan va atrofidagilarni uni bartaraf etish uchun chorlagan edi. Anbar Otin uzoq umr ko'rmagan bo'lsa-da, umrining ko'p qismini to'shakda mixlangan holda o'tkazgan. Ammo u kuchli iqtidor bilan birgalikda mustahkam irodaga ham ega edi: «Falak i jomakabud dastidin yuz dodki, - deb yozadi u. - bir yig'inda haqni aytib, balog'a qolib zinadan quvlang'animda ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.87 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.87 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: ppt