Angliyada uyg'onish adabiyoti

Angliyada uyg'onish adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Angliyada uyg'onish adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Angliyada uyg'onish adabiyoti Reja: XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ingliz gumanistik adabiyotining 3 bosqichi. Uil'yam Shekspir o'tmishdoshlari haqida. Uil'yam Shekspir lirikasi va dostonlari. Renessans g'oyalarining ifodalanishi. Angliya uyg'onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati. XV-XVI asrlarda Yevropamamlakatlarida o'rta asr feodalizmidan kapitalizmga o'tish davri bo'ldi. Bu davr Uyg'onish yoki Renesans nomini oldi. Shaharlarning rivojlanishi, manfakturalarning paydo bo'lishi, keng savdo munosabatlarini o'rnatilishi natijasida o'rta asr feodal tartiblari inqirozga uchradi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlarning ochilishi davri bo'lib tarixga kirdi (Amerikaning ochilishi, Hindistonga savdo yo'lining ochilishi). Bu davrda yangi milliy davlatlar paydo bo'ldi. Ilm-fan, san'at, madaniyat, adabiyot beqiyos darajada rivojlandi. Aql-idrokka, o'z kuchiga, yaxshilikka ishonch Uyg'onish davri odamlariga xos fazilatdir. Angliyaning o'sha davr falsafiy qarashlari Frensis Bekon ta'limotida o'z aksini topdi (F.Bekon ingliz materializmning otasi 1561-1625). Angliyada Uyg'onish davri Italiya, Frantsiya, Ispaniyadan kechroq boshlandi. XV-XVI asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko'p feodal baronlar o'zaro urushlarda halok bo'ldilar. Tyudorlar sulosasidan bo'lgan Genrix VII va Genrix VII lar davrida mutloq hokimyat kuchaydi. Genrix VII ning islohatlari natijasida ko'plab monastirlar yo'qotildi. Mamalakat Rim papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o'zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uil'yam Tindal «Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha Elizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyati tez sur'atlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tor-mor qilgan Angliya uchun dengiz yo'llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko'plab dehqonlar o'z erlaridan mahrum bo'ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi). Angliyada Uyg'onish harakati Evropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan bir muncha keyin, ya'ni XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida paydo bo'ldi. Bu davr Angliya gumanistlari o'z g'oyalarini targ'ib qilishda eng avvalo san'at va adabiyotdan foydalandilar. Angliya Renessans adabiyotining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari quyidagicha belgilanadi: 1-bosqich - XV asrning oxiri va XVI asrning 60-70 yillari. 2-bosqich - XVI asrning oxiri XVII asrning boshlari. 3-bosqich - XVII asrning boshlari (aniqrog'i 1616 yildan) shu asrning 40-yillarigacha. Bu bosqichlarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchi bosqichda gumanistlar antik dunyo madaniyatini qiziqib o'rganadilar, uning hayotbahsh taraqqiyparvar g'oyalarini targ'ib qiladilar, shuningdek, o'rta asrlar moralitesidan foydalanib tragediya va komediya janrini yaratadilar. Ikkinchi bosqichda Angliya gumanistik adabiyoti gullab yashnaydi, uning ulug' namoyandalari etishadi va ular davrning muhim ijtimoiy muammolarini ko'taradilar. Uchinchi bosqich teatrlarning yopilishi va Renessans g'oyalarining tanazzuli bilan tavsiflanadi. Angliya Uyg'onish adabiyoti uchun eng xarakterli bo'lgan adabiy tur, bu - dramatik turdir. Biroq XV-XVII asrlarda epik turda ham bir qator salmoqdor asarlar yaratildiki, bular, eng avvalo, Tomas Mor (1478 - 1535)ning Utopiya(1516), Frensis Bekon (1561 - 1626)ning YAngi Organon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga