Anvar Obidjon ijodi va o'zbek bolalar adabiyoti

Anvar Obidjon ijodi va o'zbek bolalar adabiyoti

O'quvchilarga / Adabiyot
Anvar Obidjon ijodi va o'zbek bolalar adabiyoti - rasmi

Material tavsifi

Anvar Obidjon ijodi va o'zbek bolalar adabiyoti Reja: 1. Anvar Obidjonning ijodiy yo'li. 2. Shoir ijodida Ona tabiat va bolalar mavzusi. 3. Quvnoqlikka yashiringan iztiroblar 4. Nasriy asarlarida kulgi yaratish uslubi. Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq yoshlarimizni sog'lom, barkamol qilib kamol toptirish masalasiga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu masala davlatimiz siyosatining o'zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tatbiq etilmoqda. Badiiy adabiyot, jumladan, uning alohida tarkibiy qismi bo'lgan bolalar adabiyoti, ushbu g'oyat murakkab vazifani ado etishdaga eng muhim vositalardan biridir. Bu ishga badiiy so'z qudrati bilan hissa qo'shib kelayotgan iste'dodli yozuvchilar ko'p. Ulardan biri O'zbekiston xalq shoiri, ko'p qirrali adib, shoir va dramaturg Anvar Obidjondir. Anvar Obidjon 1947 yilda Fargona viloyatining Oltiariq tumanidagi so'lim qishloqlarning biri - Polosonda tug'ilgan, begubor bolaligi shu joyda o'tgan. Qalbida hayotga, insonlarga, ona tabiatga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ulari aynan o'sha maskanda uyg'ongan, ilk she'riy satrlari ham shu qishloqda yaratilgan. Anvar Obidjon 1966 yilda Samarqand Moliya bilim yurtini tugatdi, so'ng harbiy xizmatga chaqirildi. Xizmatdan qaytgach, 1969 yildan boshlab o'z qishlog'idagi jamoa xo'jaligida, paxtachilik brigadalarining hisobchisi bo'lib ishladi. O'z baxtini matbuotdan qidirgan Anvar Obidjon keyinchalik tuman gazetasiga adabiy xodim bo'lib ishga o'tadi, 1974 yidda Toshkent davlat Uni-versiteti (hozirgi Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga sirtdan o'qishga kiradi. O'qishni bitirgach, Fargona viloyati radiosida, Mushtum jurnali, Kamalak va CHo'lpon nashriyotlarida uzoq yil faoliyat ko'rsatdi. Hozir O'zbekiston televideniyesida jurnalistik va adiblik faoliyatini davom ettirmoqtsa. Anvar Obidjonning ilk she'riy mashqlaridan biri -SHkafcham 6-sinfda o'qib yurgan kezlarida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jurnali G'unchada chop etilgan. Shundan so'ng yosh shoirning bolalar uchun turli mavzularda bitgan ko'pgina asarlari Respublikamiz gazeta va jurnallarida tez-tez ko'rina boshladi. 1974 yilda Anvar Obidjonning bolalar uchun yozgan she'rlaridan iborat Ona Yer kitobi chop etildi. Agar to'plamga kiritilgan she'rlarga adabiyotning yuksak badiiylik talablari asosida yondoshilsa, uni o'zbek bolalar she'riyatiga qo'shilgan muhim hissa, deya baholash qiyin. Chunki to'plamdaga she'rlarning ko'pchiligida yosh o'quvchilar ma'naviyatini boyitadigan yangi fikrlar deyarli uchramaydi. Bolalar she'riyatida qayta-qayta takrorlanib, shablonga aylangan tayyorga ayyor bo'lish, nafsi buzuqlik, yalqovlik, injiqlik, o'yinchoqlarni avaylamaslik kabi qusurlarni yomonlash kabi g'oyalardan nariga o'tmagan va ular ta'sirli badiiy usullarda o'z ifodasini topmagan. Ammo kigobdagi ba'zi she'rlarda, ayniqsa qoralangan. xoinlik Sotqin baroq haqidagi ertaqnamo g'oyani ixcham shaklda ifoda etish, tabiatdagi jonsiz narsalar, turli hayvon, parranda va boshqa jonivorlarni odamlarday so'zlatish, qiyofalarini real chizish, bolalarbop kulgili vaziyatlar yaratish orqali kichkintoylar ma'naviy olamini boyitishga intilish, yangicha bir izlanish borligi sezilib turardi. Shoir keyinchalik xuddi shu yo'ldan bordi Oradan olti yil o'tgach, 1980 yidtsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.8 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.8 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga