O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog'ida 1947- yilning 8-yanvarida tug'ilgan. Anvar Obidjonning shoirlik faoliyati maktab davridanoq boshlangan. 6- sinfdaligidayoq G'uncha jurnalida uning Shkafcham nomli birinchi she'ri chop etiladi. Anvar Obidjon hozirgi O'zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo'lim mudiri bo'lib ishlagan. Cho'lpon nashriyotida bosh muharrir,direktor lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. Anvar Obidjonning Ona yer (1974), Ey, yorug' dunyo, Ketmagil, Bezgakshamol bola(1986), Akang qarag'ay Gulmat, Alamazon va Gulmat hangomasi, Meshpolvonning janglari(1994), Alisher va o'g'ri (1996), Bulbulning cho'pchaklari, Odobli bo'lish osonmi? (2001), Bezgakshamol - 2 (2003) kabi qator to'plamlari chop etilgan. Anvar Obidjon o'zbek bolalar adabiyotida o'ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri sanaladi.Bu ko'proq uning turli buyumlar, jonzot, o'simliklar haqida yaratgan asarlarida ko'zga tashlanadi. G'azal janrida yaratilgan Bulbulning salomnmalarishe'ri o'zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo'ldi. Bu asarda turli xil hayvonlarning o'ziga xos qirralari ochib beriladi. Masalan, qo'rqoq Quyon, do'stsiz Chayon, arg'amchidek buralib yuradi Ilon, tun-u kun yer qazidi Yumron, buularning hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarni tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o'n chandon oshirishga erishgan. QO'ZICHOQQA XAT Seni eslab Yuribman. Tushimda ham Ko'ribman. Unutmayman Hech qachon Salom bilan: BO'RIJON! Kabutarlar Kabutar yoki kaptarni Guli-guli, beh-beh, deb chaqirishadi. Kisht deb haydashadi. Qo'noqdagi kabutarlarni osmonga uchirish uchun qarsak uriladi. Ular balandga ko'tarilganida, keskin-keskin hushtak chalib turilsa, o'ynoqilari havoda umbaloq osha boshlaydi. Kabutarning jo'jasi polapon deyiladi Kabutar past tovushdaG'uq-g'uq, g'uq-g'uq qilib sayroqlanadi. Bolajonlar kabutarni g'u-g'u deyishadi. G'oz va o'rdak G'oz va o'rdaklarga ham tovuqqa qilinadigan muomalalar ishlatilib: Ma, tu-tu-tu, deb chaqiriladi. Kisht! -deb nariga quviladi. Ularning urg'ochisini ham tovuqlarniki singari makiyon deyishadi. G'ozning bolasi g'ozcha, o'rdakniki o'rdakcha deyilsa-da, umumlashtirib jo'ja deb ham ataydilar G'oz G'oq, g'oq deb, O'rdak esa: G'a, g'a, g'a deb, tovush chiqaradi. Bolajonlar g'ozni ham, o'rdakni ham g'a deyishadi. SIGIR Sigirni oldinga haydashda: «Chuh! Chuh-chuh!» - deyishadi. Ketayotib yonga chalg'isa: «Xo'sh! E, xo'sh! Xo'sh-sha! Xo'shka!» - kabi qichqiriqlar bilan to'g'riga yurishga chorlaydilar. Sut beradigan sigirni «sog'in», buzoqlaydigan, sut bermay qo'yganini «qisir» deyishadi. Uni sog'ishdan oldin: «Yuvosh-yuvosh, yuvosh-yuvosh», - deb silab qo'yadilar. Mollarning erkagi «buqa» deyiladi. Agar semirtirish uchun ajratib boqilayotgan bo'lsa, «so'qim», «bo'rdoqi» deydilar. Yerni qo'sh tortib haydash, juvoz aylantirish, xirmonda g'alla yanchish singari yumushlarni bajaruvchi qariroq buqalar «ho'kiz» deb ataladi. Sigirning bolasi «buzoq» deyiladi. Buzoqning erkagi «novvos», urg'ochisi «g'unajin»dir. Sigir: «Mo'-o'», deb, buqa: «Muv-v», deb mo'vraydi. Bolajonlar sigir, buqa va buzoqlarni «mo'» deyishadi. SIGIR QO'SHIG'I «Qand» deb yig'lar buzog'im, Hech tinchimas qulog'im, Mo'-o'. Ko'nmayapti u sira Bersam hatto kunjara, Mo'-o'. Bilmaydiki ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.03 MB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: pptx