Aruz haqida ma'lumot

Aruz haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Adabiyot
Aruz haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Aruz haqida ma'lumot Reja: Aruz atamasi haqida. Aruzda ritmik bo'laklar: harf, juzv, rukn, bahr. Solim va far'iy bahrlar. Zihof. Aruzda yozilgan she'r vaznini aniqlash. A.Navoiy Mezonul avzonda bergan ma'lumotga ko'ra, aruz atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy nomi bilan boliq ekan. Boshqa aruzshunoslar, xususan, Vohid Tabriziy esa aruz arab tilida chodirni tutib turish uchun o'rtaga qo'yiladigan yooch(ustun)ni anglatadi va aruz atamasi shu so'zdan olingan, deb hisoblaydilar. Ular bu fikrning qo'shimcha asosi sifatida yana baytdagi birinchi misraning ham aruz deb atalishi, baytning ham (xuddi chodir aruzga tayanganidek) shu ruknga tayanishi, ya'ni, shu rukn o'qilganda she'rning qaysi vaznda ekanligi aniq bo'lishini keltiradilar. Bu fikrlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligidan qat'iy nazar, biz aruzning istilohiy ma'nosi bilan ish ko'ramiz, ya'ni, aruz deganda sharq she'riyatida keng tarqalgan metrik she'r tizimini tushunamiz. Mutaxassilar aruz she'r tizimi arab adabiyotida YII asrdan maydonga kelgani va IX asrdanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo'llanila boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan o'zbek adabiyotida ham aruzning qo'llanila boshlashi taxminan shu vaqtga to'g'ri keladi degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to'xtalib: Bizning O'rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur Qutadg'u bilik kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e'tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma'lum bo'ladur, deb yozadi. Hartugul, turkiy tildagi aruzda yaratilgan ilk asar sifatida hozircha Qutadg'u bilik tan olinar ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to'g'ri keladi deyish mumkin. Aruzdagi eng kichik ritmik bo'lak sifatida ayrim mutaxassislar (arab va fors aruzshunosligi an'analariga muvofiq) harfni, boshqalari esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni ko'rsatishadi. YA'ni, eng kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi arab tili (va yozuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning olingani qulayroq. Shunday bo'lsa ham, aruzdagi tarkiblanishni yaxshiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida olingan holatdagi tarkiblanishga qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq. Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo'lak - harf, harf esa ikki turli bo'ladi: mutaharrik (cho'zg'ili) va sokin (cho'zg'isiz). Cho'zg'i deganda unli tovush tushunilishi e'tiborda tutilsa, mutaharrik harf, sokin harf atamalarining ma'nosi anglashiladi. Masalan, ko'z so'zi ikkita harf: bir mutaharrik (ko') va bir sokindan (z) tarkib topadi. Mutaharrik va sokin harflarning muayyan tartibda qo'shilishidan juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nisbatan kattaroq ritmik bo'lak sanalib, ular har biri o'z ichida ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi: sabab, vatad va fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan ruknlar, ruknlarning she'r misrasida muayyan tartibda takrorlanishidan bahrlar hosil bo'ladi. Bulardan anglashiladiki, aruz qismlari o'zaro mustahkam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 431.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 431.15 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga