ARUZ VA ARUZSHUNOSLIK TARIXI. ARAB ALIFBOSI, ABJAD Reja: 1. Aruz atamasining genezisi haqidagi fikrlar. 2. Arab, fors-tojik va turkiy aruzshunoslik. 3. XX asr aruzshunosligi. 4. Harf aruzning eng kichik bo'lagi sifatida, abjad hisobi. Tayanch iboralar: Aruz, vodiy, rukn, Xalil ibn Ahmad, Ibn Hojib, Rashiddin Vatvot, Qays Roziy, Nosiriddin Tusiy, Ahmad Taroziy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Atoulloh Husayniy, Abdurauf Fitrat, U.To'ychiyev, A.Hojiahmedov. I. Aruz atamasining kelib chiqishi haqida ikki xil fikr mavjud. 1. Alisher Navoiyning ma'lumot berishicha bu atama vazn asoschisi Xalil Ibn Ahmadning vatani bo'lmish Arabiston yarim orolida jaylashgan bir vodiyning nomi bo'lib, u vodiydagi kishilarning asosiy mashg'uloti vaqtinchalik uy-chodir tikib sotishdan iborat ekan. Arab tilida uy ma'nosi bayt so'zi bilan ifodalanganligi uchun, Xalil Ibn Ahmad she'rning eng kichik qismini ham shu so'z bilan nomlagan. Aruz tizimidagi atamalarning ko'pchiligi shu vodiy xalqining urf-odatlari, ashyolari nomidan olingan. 2. Aruz so'zi, shuningdek, uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar-ruknlardan birining nomini ham ifodalar ekan. Ayrim olimlarning fikriga ko'ra vaznning nomi aynan shu so'zdan olingan. Aruzshunos olimlar, xususan Alisher Navoiyning fikriga ko'ra aruz vaznlari arab she'riyatida anchа qadimdan qo'llangan. Shuningdek, Qur'oni Karimdagi ayrim oyatlar ham aruz vaznlariga mos ekanligini ta'kidlab Navoiy bir encha misol ham keltiradi. II. Aruz she'riy vaznlar tizimi nazariyasiga milodning VII asrida yashab o'tgan arab filologi Xalil Ibn Ahmad (vafoti 791 y.) tomonidan asos solingan. Uning Kitob ul-ayn asarida mazkur vaznning nazariy qonuniyatlari o'z ifodasini topgan. Aruz vazni IX asrdan boshlab fors-tojik she'riyatiga, XI asrdan boshlab esa turkiy she'riyatga ham kirib keldi. Biroq mazkur tillar (arab, fors-tojik va turkiy) fonetik, leksik va grammatik jihatdan tubdan farq qilishi tufayli, har bir tildagi aruzning o'ziga xos belgilarini yoritish, aruzni boshqa tillarga moslashtirish, yoxud shu tillarni aruzga moslashtirish muammosi yuzaga chiqdi. Natijada, forsiy aruz, turkiy aruz kabi maxsus atamalar vujudga keldi. Shu bilan birga, badiiy ijod, xususan, she'riyatning ravnaq topishi natijasida amalda qo'llangan vaznlar Xalil ibn Ahmad tomonidan ko'rsatilgan bahr va vaznlar doirasidan kengayib ketganligi sababli, aruz nazariyasiga oid yangi asarlarga ehtiyoj sezildi. Xalil ibn Ahmaddan keyin XI-XII asrlarda bir qator arab va fors-tojik she'rshunos olimlari yuqoridagi muammolar tahliliga bag'ishlangan asarlarni maydonga keltirishdi. Rashiddin Vatvotning (vafoti 1183 y.) Hadoyiq us-sehr, Ibn Hojibning (1188-1249) Ilm ul-aruz, Shamsiddin Muhammad ar-Roziyning Al Mu'jam fi ma'oyiri ash'oril Ajam, Nosiriddin Tusiyning (1210-1274) Me'yor ul-ash'or kabi asarlari shular jumlasidan bo'lib, keyingi davr aruzshunoslari o'z fikrlarini asosan shu manbalarga tayangan holda ifoda etishgan. Aruzshunoslik tarixida XV-XVI asrning birinchi yarmi, ya'ni temuriylar davri alohida o'ringa ega. Shu davrda, aniqrog'i, 1437 yilda Shayx ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.17 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:53 ]
Arxiv ichida: doc