Asarning badiiy tahlili bosqichlari

Asarning badiiy tahlili bosqichlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Asarning badiiy tahlili bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Asarning badiiy tahlili bosqichlari Reja: 1. Badiiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari. 2 . Badiiy tasvirlash bosqichlari xususiyatlari 3. Tahlili jarayonida badiiy tasvir bosqichlariga xos jihatlar. 4. Ilmiy va o'quv tahlillarida bosqichlarga amal qilish. Badiiy tahlil muayyan hozirlikni talab qiladigan ilmiy-estetik jarayondir. Bu jarayon muayyan bosqichlarga bo'lingan holda amalga oshiriladi. Chunki boshqa har qanday faoliyat singari badiiy tahlil ham birdaniga sodir etilmaydi. Badiiy asarni tahlil etishda matn bilan ishlashning uch bosqichi borligini kuzatish mumkin. Birinchi bosqichida tadqiqotchi badiiy asar yuzasidan o'zi taqdim etmoqchi bo'lgan talqinga imkoniyat hozirlaydi. Ilmiy tahlilning ikkinchi bosqichida badiiy matn tahlil qilinadi va bu tahlil imkon qadar hayotiy va badiiy mantiq nazaridan hamda olamni estetik ko'ra bilish jihatidan asoslangan bo'lishiga e'tibor qilinadi. Uchinchi bosqichda matndan xulosa chiqariladi, asarning yutuq va kamchiliklari ko'rsatiladi hamda uning qadriyatlarimiz tizimidagi o'rni belgilab beriladi. Aytilganlardan ko'rinadiki, badiiy tahlil mobaynida tayyorlanish, tahlillash va umulashtirish-xulosalash singari uch bosqich bosib o'tilishi lozim. Tayyorgarlik bosqichida tahlil etiladigan asar matni o'rganiladi, uning tahlilga tortiladigan, alohida e'tibor qaratiladigan jihatlari aniqlab olinadi, asosiy kuzatishlar belgilab chiqiladi. Ana shunda ikkinchi-asosiy bosqich muavaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishi mumkin.tahlillash bosqichida esa asosiy ish amalga oshirilishi lozim bo'ladi. Bunda matning jozibadorligini ta'minlagan estetik omillar: timsollar tizimi, personajlar ruhiyatini ko'rsatishda qo'llanilgan usullar, ifoda tarzidagi o'ziga xoslik, til xususiyatlari singari jihatlar tekshiriladi. Tahlil qilinayotgan asarning estetik qimmati, milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o'rni, asarning millat estetik ongini rivojlantirishdagi o'rni belgilab beriladi. Xulosalash-umumlashtirish bosqichida asarning muayyan ijodkor estetik taqdiri va milliy badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o'rni yuzasidan umumlashma xulosa beriladi. Badiiy tahlillash bosqichlari, deyarli hamisha badiiy tasvir bosqichlari bilan baqamti keladi. Badiiy tasvirning mukammalashishi uchun filologik tahlil chuqurlashmogi, filologik tahlil puxta bo'lishi uchun badiiy tasvirning yuksalishi talab etiladi. Chuqur badiiy tahlilsiz, teran badiiy tasvir bo'lishi gumondir. Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixi mobaynida badiiy matn rivoji bilan adabiy fikr, ya'ni estetik tahlil taraqqiyoti yonma-yon keladi. Navoiy zamonasida buyuk adib bitiklariga yaqin keladigan tanqidchilik mavjud bo'lganligi uchun ham yuksak badiiy asarlar paydo bo'lgan. To'gri, u paytlarda hozirgi ma'nodagi tahlil bo'lmagan esa-da, Taroziy, Navoiy, Bobur asarlarida namoyon bo'lgan badiiy tahlil adabiyottanuvning qanday saviyada ekanligini ko'rsatishi jihatidanxarakterlidir. XX asr boshlarida o'zbek adabiyoti tashqi estetik-fasafiy ta'sirlarga tula berildi. Natijada, milliy adabiyotning avvalgi mukammalligiga bir qadar salbiy ta'sir ko'rsatildi. Milliy adabiyot jahoniy estetik talablarni hisobga olgan holda evrilishga uchraydi. Yangi janrlar yuzaga keldi, maishiy turmush, oddiy odam tasvir obyektiga aylantirildi. Ijtimoiy muammolar badiiy adabiyotning mavzusiga aylandi. Badiiy adabiyotning ijtimoiylashuvi uning bir qadar primitivlashishiga olib keldi. Badiiy adabiyotning mafkuraviy siquvlarga yo'liqishi va uning ijtimoiy qobiqlarni yorib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.64 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.64 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga