Askiya O'zbeklarning xalq og'zaki ijodidagi ko'p janrlar boshqa xalqlarda ham bor. Ertak, doston, qo'shiq, maqol, matal, topishmoq, tez aytish kabilar shular jumlasidandir. Ammo bizda yana shunday janr ham borki, boshqa xalqlarda uchramaydi. Bu askiyadir. Askiya tilimizning juda boy imkoniyatlariga ega ekanini ko'rsatadigan janrdir. Eng muhii, askiyani aytish, uni o'ylab topish, uni tushunib etish oson emas. O'zbeklar ana shunday fazilatga ega xalq. Askiya o'zbek xalq og'zaki ijodining o'ziga xos janri hisoblanadi. Unda o'zbek tilining boyligi, so'zning ma'nodorligi, ko'rinishdan sodda bo'lib tuyulgan jumlaning, kezi kelganida odamni haddan tashqari mushkul vaziyatga tushirib qo'yishi mumkinligi va, ayni paytda, o'ylab topilgan ikkinchi bir javob-jumla bilan mushkul holatdan chiqish yechimi topilgani namoyon bo'ladi. Hayotida bevosita chiroyli topilgan so'z bilan bog'liq ibratli lavhalar tez-tez uchrab turadi. Bunday lavhalar ona tilimiz imkoniyatlari qanchalar cheksiz ekanini isbotlovchi daqiqalarni vujudga keltiradi: aytilgan so'zning ma'no qirralari kengligini dalilaydi. Keyinchalik bu go'zal lavhalarning ayrimlari tildan-tilga o'ta boshlaydi. Aslini olganda, askiyaning vujudga kelishi, shakllanishi tilimiz boyligi namoyon bo'lgan ana shunday lavhalarga asoslanadi. Masalan, kunlardan bir kun dutorchi qizlar ansambli ishtirokchisi Sanobar ismli xonada musiqa mashqi o'tkaziladigan xonaga birinchi bo'lib keladi va ustoz G'anijon Toshmatovdan: Qizlar kelishmadimi? -deb so'radi. Tabiatan askiyachi ustoz shogirdiga qarab: Kelishgani o'zingizda!,- deb javob beradi. Ustoz san'atkor, javobida askiyaning juda muhim jihati aks etgan. Chunki G'anijon aka o'z javobida, birinchidan, mashg'ulotga kelgan qiz yagona Sanobar ekanini ta'kidlagan bo'lsa, ikkinchidan, shogirdining qaddi-qomati kelishganini lutf qiladi. Bu kichik dialogda xalqimiz og'zaki ijodiga oid askiya janrining asosiy belgisi-so'z o'yini bo'lib o'tganini qayd etish mumkin. Askiya san'ati bilan maxsus shug'ullangan olim Rasul Muhammadievning ma'lumot berishicha, o'zbeklar orasida askiya qadimdan keng tarqalgan ekan. Xususan, XV asrda yashagan shoir Zayniddin Vosifiy o'z xotmiralarida Hirot Mirsarbaraxno, Burxoniy Gung, Hasan Voiz, Said G'iyosiddin, Sharfiy, Halil sahhob, Muhammad Badaxshiy kabi o'tkir so'z ustalari borligini aytib o'tgan. Keyinchalik esa Qo'qon xonligi hududida bu san'at yana rivojlanadi, xalq orasida mashhur bo'ldi. Ayniqsa, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mamayunus Tillaboyev, Erka qori Karimov, Jo'raxon Sultonov, G'anijon Toshmatov, Tursunbuva Aminov kabi mashhur so'z ustalari askiya san'atini rivojlantirishda munosib hissa qo'shganlar. Bugungi kunda ham askiyaning mohir ustalari o'z faoliyatlari bilan xalqqa manzur namunalar yaratilmoqdalar. Yurtimizning mustaqillik, Navro'z, Hosil va boshqa bayramlarida, xalq sayillarida yirik ommaviy tomoshalarga askiya fayz kiritmoqda. Ayni paytda, ulfatlarning yig'ilishlari, gap-gashtaklar, to'y marosimlari askiyabozlik bilan qizimoqda. Askiya arab tilidan olingan so'z bo'lib, zakiy- sof fikrli, o'tkir zehnli degan ma'nolarni anglatadi. Azkiyo so'zning ko'plik shaklidir. Xalq jonli tilida askiya tarzida talaffuz qilinadi. Askiya aytishdan bosh maqsad odamlarni kuldirish bo'lsa ham, aslida askiya aytuvchilar o'zlarining ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
32.28 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:53
Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, doc
Fayl hajmi
32.28 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:53 ]
Arxiv ichida: zip, doc