Asqad Muxtor ijodida esse janrining takomili

Asqad Muxtor ijodida esse janrining takomili

O'quvchilarga / Adabiyot
Asqad Muxtor ijodida esse janrining takomili - rasmi

Material tavsifi

Asqad Muxtor ijodida esse janrining takomili mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI MUNDARIJA Kirish……3 I BOB. Essenavislik taraqqiyotida Asqad Muxtorning o'rni. 1.1. Esse janri adabiy- tanqidiy janr sifatida….……7 1.2. XX asr o'zbek adabiyotida yaratilgan adabiy-tanqidiy esselar…19 II BOB. Asqad Muxtor esselarining mavzu-mundarijasi 2.1. Yosh do'stlarimga asarida falsafiy, adabiy-tanqidiy va publitsistik esselar30 2.2. Tundaliklar asari -falsafiy-estetik mushohadalar majmui48 Xulosa 56 Foydalanilgan adabiyotlar60 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Istiqlol yillarida o'zbek adiblari A.Qodiriy, Cho'lpon, Oybek, A.Qahhor, O.Yoqubov, P.Qodirov kabi o'nlab yozuvchilarimiz boshlab bergan ajoyib an'analarni muvaffaqiyat bilan davom ettirdilar. Shuningdek, yangi janrlar, usul va uslublar, yo'nalishlarni kashf etdilar. Yurtboshimiz I.Karimov o'zining o'nlab asarlarida badiiy adabiyotning xalqimiz ma'naviy olamini boyitishdagi o'rni va roliga juda yuqori baho berganligi ham o'zbek yozuvchilariga ilhom va qanot bag'ishlaydi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodiga katta baho berdi, shuningdek, zamondosh adiblarimiz ijodining yuzaga chiqishi uchun tinmay g'amxo'rlik qilib kelmoqda. Xususan, A.Yassaviy, A.Navoiy, Muqimiy, Furqat singari ijodkorlarning yubileylarini nishonlanishi, Avesto kitobining 2700 yillik yubileyi, Alpomish dostonining 100 yilligining BMT qoshidagi YUNESKO tashkiloti bilan hamkorligida katta bayram qilinishini fikrimizning dalili desak, adashmagan bo'lamiz. Yurtboshimiz bir qator zamondosh yozuvchilarga ham g'amxo'rlik ko'rsatganligi XXI asrning rivojlanishiga katta hissa bo'lib qo'shilmoqda. Prezidentimizning Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch, Adabiyotga e'tibor-ma'naviyatga e'tibor kabi asarlarida badiiy ijodga, yozuvchilar mehnatiga yuqori baho berildi. Kelajagimiz egasi bo'lmish yosh avlodni yetuk inson sifatida tarbiyalashdek muhim va oliyjanob ishda badiiy adabiyotning o'rniga alohida urg'u berildi. Bir so'z bilan aytganda, yurtboshimiz tashabbusi bilan adabiyot, badiiy ijod masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Badiiy adabiyotning yuksak namunalari iste'dodli adiblar tomonidan yaratiladi. Ana shunday serqirra iste'dodli adiblarimizdan biri Asqad Muxtor hisoblanadi. Bu adibimiz ijodiga bag'ishlangan bir qancha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Adibning Yosh do'stlarimga, Uyqu qochganda(Tundaliklar) nomli asarlarida yozuvchining turli mavzularda yozgan esselari jamlangan. Bu esselarda yozuvchining badiiy-falsafiy mushohadalari, go'yo, matonatli shaxs va betakror ijodkorlarning insoniyatga qoldirgan vasiyatidek yangraydi. Asqad Muxtor tomonidan yozilgan esselar hali maxsus tadqiq etilgani yo'q. Bu esa tadqiqotimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Mazkur tadqiqotimizda adib Asqad Muxtor ijodida katta o'rin egallagan esse janri va uning yozuvchi ijodiy merosida tutgan o'rni haqida bahs yuritishni asosiy maqsad qilib olganimiz ham buning yaqqol dalilidir. Shuningdek, mashhur adibning o'zbek adabiyotida esse janri rivojiga qo'shgan hissasini ham yoritishga harakat qildik. Bu maqsadimizni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim deb hisoblaymiz: o'zbek adabiyotida esse janrining maydonga kelishi va rivojlanish bosqichlarini aniqlash; mashhur essenavis adiblar va ularning ijodini tahlil qilib, bir-biriga qiyoslash; Asqad Muxtor qalamiga mansub esselarning mavzu ko'lamini tadqiq etish; Asqad ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.21 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 77.21 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga