Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

O'quvchilarga / Adabiyot
Asqad Muxtor - rasmi

Material tavsifi

ASQAD MUXTOR O'zimniki emas bu umr, To'la menikimas, sezib turibman…. XX asr o'zbek she'riyati, nasri, tarjima-chilik san'ati va dramaturgiyasi rivojida Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini puxta o'rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatlda qaragan bu adib o'zidan boy va ibratli adabiy meros qoldirdi. Ikki narsa og'ir ko'nglimga asli, Ikki narsa uchun yo'q menda bardosh: Biri - dushmanimning shodon qahqahasi, Biri - do'st ko'zida miltillagan yosh. Hayot yo'llarida Asqad Muxtor 1920-yilning 23-dekabrida Farg'ona shahrida temiryo'lchi oilasida dunyoga keldi. Oiladagi uchinchi farzand boigan Asqad endigina 11 yoshga toiganida otasi vafot etadi. O'n ikki yetim bolani boqib katta qilish oson ish emas edi. Asqadjon balog'at yoshiga yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o'qiydi. 1936-yilda u Toshkentga kelibjumalistlartayyorlaydigan kurslarga o'qishga kiradi, gazeta tahririyatida ishlaydi. Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog'liq ekanini anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqanddagi doriifununga o'qishga kiradi. Urush yillari bu ilm dargohi O'rta Osiyo dorilfununiga qo'shilishi munosabati bilan ko'pchilik qatori A. Muxtor ham Toshkentda o'qishni davom ettiradi. Hayot shunday mo'jizaki: Qancha jabrin tortsang oz. O'lim esa uning uchun Arzimas bojdir, xolos. Universitetni muvaffaqiyatli tamomlagach, uni Andijonga ishga yuboradilar. Bu yerdagi Pedagogika institutida uch yil davomida o'zbek adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatadi. 1945-yiIda Asqad Muxtorning taqdiri yana Toshkent bilan bog'lanadi. U o'z davrining ko'zga ko'ringan matbuot nashrlari - «Yosh leninchi», «Qizil O'zbekiston» gazetalarida boiim mudiri, mas'ul kotib vazifalarini bajaradi. Bu yillari uning badiiy va publitsistik matn ustida ishlash qobiliyati charxlanadi. 1960- 1965-yillar oralig'ida Asqad Muxtor Respublikaning eng yirik adabiy nashri - «Sharq yulduzi» jurnaliga muharrirlik qiladi. Uning «Guliston» jurnaliga, «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» haftalik gazetasiga bosh muharrirlik qilgan yillarini hamkasblari iliq xotiralar bilan yodga olishadi. Chunki bu yillari mazkur nashrlarda o'zbek adabiyotining puxta tahrirdan chiqarilgan eng sara asarlari chop etilgandi. O'sha gazeta va jurnai tahririyatlarida xizmat qilgan ko'plab yosh yozuvchi-shoiriar keyinchalik milliy adabiyotimizning yorqin namoyandalariga aylandiiar. Respublikada «Asqad Muxtor tahrir maktabi» degan haqli ibora bejiz paydo bo'lmagandi. Zero, adabiy matn ustida tinimsiz ishlash, uni tahrir orqali jilolash san'atini juda ko'pchilik aynan Asqad Muxtordan o'rgangandi. Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi. Uning «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she'riy asarlaridayoq (1935-1938) adabiyotdan juda ko'p narsani kutuvchi, unga butun umrini bag'ishlashga tayyor lirik qahramon qiyofasi gavdalangandi. Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy mavzui, o'z-o'zidan, urush bilan bog'Iandi. Yosh ijodkorning kuchli pafosga yo'g'rilgan «G'alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug'ishganlar qaytdi», «Sog'inish» singari o'nlab she'rlari urush davri o'zbek poeziyasi namunalari bo'lib qoldi. Uning «Po'lat quyuvchi» ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 21.8 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:53 Arxiv ichida: zip, pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, pptx
Fayl hajmi 21.8 MB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, pptx
Tepaga