10-sinf adabiyot darsligi asosida 5-mavzu: ATOYI (XV asr) Atoyi XV asrda Balxda tug'ilgan. Atoyining hayot yo'li, shaxsiyati haqida ma'lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan. Hozirgi Qozog'istonning Turbat qishlog'ida unga nisbat berilgan qabr bor. Navoiy («Majolis un-nafois») Atoyi hayoti va ijodi haqida to'xtalib: «Mavlono Atoyi Balxda bo'lur erdi. Ismoil ota farzandlar idindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O'z zamonida she'ri atrok (turkiy tilda so'zlovchilar) orasida ko'p shuhrat tutti. Bu matla' aningdurkim: Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o'lturur, G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur. Mavlono ko'p turkona (sodda, ravon) aytur erdi» - deydi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o'g'li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo'lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo'shimcha dalolat bo'ladi. Atoyi g'azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g'azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go'zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi. Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta'birlar, maqol va matallar, og'zaki nutqqa oid so'zlar ko'p. G'azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozilganlari ko'proq; vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she'rlari xalq qo'shiqlar iga aylanib ketgan. Atoyi tajohil ul-orif, laff va nashr kabi o'ziga xos tasvir vosita va usullaridan ham unumli foydalangan. Shoir ijodi bizgacha to'la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda ko'chirilgan, 260 g'azalni o'z ichiga olgan qo'lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. G'AZALLAR Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur, G'oyati nozukligidin suv bila yutsa bo'lur. To magarkim salsabil obina javloni qila, Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur. Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda, Balki suvni pok bo'lsun deb iligi birla yur. Emdi bildim rost ermish, balki ko'rdim ko'z bila, Ulki derlar suv qizi goh-goh ko'zga ko'runur. Qoshlaring yosin Atoyi ko'rgali husn ichra toq, Subhidam mehroblarda surayi yosin o'qir. - V - - - V - - - V - - - V - foilotun foilotun foilotun foilun Ramali musammani mahzuf * * * Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum, Kishi bilmas oni kim qoldi qanda. Chu jonimdin aziz jonona sensan, Kerakmas jon manga sensiz badanda. Manga ul dunyoda jannat ne hojat, Eshiging tuprog'i basdur kafanda. Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya'qubtek ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.36 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:54
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.36 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:54 ]
Arxiv ichida: ppt