Avaz O'tar hayoti va ijodi (1884-1919) Reja: Avaz O'tar hayoti va ijodining o'rganilishi. Avaz O'tarning hayot yo'li. Avaz O'tar ijodiy merosi. Shoir dunyoqarashida burilish. Avaz O'tar -ma'rifatparvar shoir. Avaz ijodida Faloniyturkumi. Avaz O'tar o'g'lining o'zbek daabiyotida tutgan o'rni. Avaz O'tar milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan sermahsul hamda «nazm aro fozili bebaho (Tabibiy) ijodkordir. U juda qisqa umr ko'rishiga qaramasdan, sermazmun hayot va ijod yo'lini bosib o'tdi. Avaz O'tar o'zining yuksak iste'dodi, she'rlaridagi xalqchillik ruhi, zamon va makondagi nosozliklarga qarshi g'oyat o'tkir fikrlari bilan hayotlik davridayoq xalq orasida dovrug'dor shoirga aylangan edi. Shoir ijodiga bo'lgan e'tibor o'z davridanoq boshlandi, uning o'tkir xalqchil g'oyalarni singdirgan g'azallari, muxammasu musammanlari, nafaqat, oddiy xalqning, balki ilg'or fikrli adabiyot muhiblarining hamda nomdor, ko'zga ko'ringan qalam ahllarini xam nazariga tushgan edi. Avaz O'tar asarlari o'sha davrda tuzilgan bayozlarda, shuningdek, XX asr Xorazm tarixi va adabiyotiga oid manbalarning aksariyatida, xususan, Chunonchi, Ahmad Tabibiyning «Majmuai 30 shuaro payraviy Firuz shohiy», tazkirasi hamda Jumaniyoz Hivaqiyning «Tarixi gulshan» risolasida, Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» tarixiy asarida shoir hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar uchraydi. Avaz O'tar o'z xalqining muboriz kuychisi sifatida zamondosh va hamyurtlarining e'tiboriga tushadi va yuksak baholanadi. Shoir ijodiga sobiq sovet davrida ham bee'tibor bo'linmadi. Shoirning hayot yo'li va ijodiga oid ahamiyatli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan maqolalar yuzaga chiqdi. Bular orasida birinchi marta 1940 yilda «Guliston» jurnalida Y. Yusupovning «Avaz O'tar o'g'li» maqolasini eslash joiz. Avazning hayoti va ijodi haqidagi ma'lumot Laffasiyning 1944 yilda tug'ilgan «Xorazm shoirlarining tarjimai hollari» risolasida to'ldiriladi. Shoir ijodiga oid izlanishlar Y. Yusupov tomonidan davom ettirildi va uning «Avaz biografik ocherki, (1961) «Xorazm shoirlari» (1967) kabi kitoblaridagi yangi ma'lumotlar va mulohazalar shoir tarjimai holini to'ldiradi. Bundan tashqari shu tadqiqotlar tadriji o'laroq adabiyotshunos V. Mirzayev Avaz O'tar ijodining badiiy miqyosi va gumanistik mohiyatini tadqiq etdi. 1961-yilda Avaz O'tar o'g'li risolasi bilan uni targ'ib qildi. Shoir Avazning ijodini ommalashtirish 70- yillardan jiddiy tus oldi. 1776-yilda adabiyotshunos V. Rahmonov say'i-harakatlari bilan nisbatan to'la va mukammalroq Avaz O'tar o'g'li devoni bosilib chiqdi. Avaz O'g'li hayoti va ijodi maktab va oliy o'quv yurtlari darsliklariga kiritildi Jumladan, G'.Karimovning oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari uchun tuzgan darsliklarida, 1980-yili bosilib chiqqan O'zbek adabiyoti tarixi (besh tomlik)ning 5 jildida Avaz O'tar hayoti va ijodiga alohida o'rin berilgan. Shuningdek, shoir hayoti va ijodini tadqiq, targ'ib va tashviq qiluvchi yuqoridagi tadqiqotlar zaminida 1987-yilda N.Qobulov, V.Mo'minova, I.Haqqulovlarning «Avaz va uning adabiy muhiti deb nomlangan monografiyasi maydonga keldi. Mazkur ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
436.13 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
436.13 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:54 ]
Arxiv ichida: doc