Axborot-bibliografiya resurslari Reja: Axborot-bibliografiya resurslari haqida umumiy tushuncha Bibliografik mahsulotlar Axborot resurslarining elektron shakllari Axborot-bibliografiya resurslari haqida umumiy tushuncha Axborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma'lumotlar yig'indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari - kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste'molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo'lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an'anaviy va mashinada o'qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma'lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma'lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot - axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya'ni bibliografik yozuvlar bilan ta'minlangan turi. Bibliografik mahsulotlar Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo'lib, bir vaqtning o'zida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste'molchilarga xizmat ko'rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qo'llanmalar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so'roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an'anaviy yo'nalishlaridan biri. Bibliografik qo'llanmalarning turlari bibliografik ko'rsatkichlar, bibliografik ro'yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat ko'rsatish kundalik va retrospektiv ko'rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma'lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro'yxatlariga asoslanadi. Bibliografik ko'rsatkichlar - murakkab tuzilishga va ma'lumot-qidiruv apparatiga ega bo'lgan bibliografik qo'llanmalardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga bag'ishlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi ma'lumotni aks ettiradi. Ko'rsatkichlar bir qancha bo'limlardan iborat bo'ladi. Bo'limlardagi bibliografik yozuvlar ma'lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko'rsatkichlar o'ziga xos ma'lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so'zi, so'zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko'rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnomalari, biobibliografik ko'rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik ma'lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro'yxati. Ko'rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko'rsatkichlari. Bibliografik ro'yxat - oddiy tuzilishga ega bo'lgan bibliografik qo'llanma. U qoidaga ko'ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko'ra uncha katta bo'lmagan, tuzilishiga ko'ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya'ni ma'lumot-qidiruv apparatiga ega bo'lmagan qo'llanma. Ulardan ko'p qo'llaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro'yxatlar. Kitob ichi bibliografik ro'yxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil ro'yxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari ro'yxati, o'quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro'yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.12 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:54 ]
Arxiv ichida: docx