Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi

Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi - rasmi

Material tavsifi

Badiiy adabiyotda mazmun va shakl birligi Mazmun va shakl - falsafiy tushunchalar. Mazmun narsalarni aynan shu narsa sifatida ifodalovchi muhim element va o'zgarishlarning yig'indisidir. Shakl mazmunning mavjudlik usulini, ichki tuzilishini ifodalaydi. Ob'yektiv olamda narsa va hodisalarga oid bo'lmagan sof mazmun ham. sof shakl ham yo'q. Muayyan mazmun hamisha muayyan shaklda ifodalanganidek, muayyan shai ham muayyan mazmunga egadir. Borliqaagi har bir narsa o'zining mazmuni va shakl birligi tufayli mavjud. Mazmun o'z mohiyatiga kura, shaklga nisbatan yetakchi urin tutadi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Shakl mazmunga mos kelishi lozim, mos kelmasa ular (aniqrog'i zeki shakl bilan yangi mazmun) o'rtasida ziddiyat paydo bo'ladi, bu ziddiyat eski shaklni yangi mazmunga mos yangi shakl bilan almashish (yoki eski shaklni yangi mazmunga moslash) orqali hal qilinadi. San'at, adabiyotda M. va sh. badiiy asarning bir-birini taqozo etuvchi ikki tomoni bo'lib, bunda uning mazmuni muhim hisoblanadi. Badiiy asarning shakliy (uslub, janr, kompozitsiya, badiiy nutq, ritm), mazmuniy (mavzu, fabula, konflikt, harakterlar va sharoit, badiiy g'oya, tendensiya) yoki shakliy-mazmuniy (syujet) harakterdagi ayrim tomonlari, unsurlari M. va sh.ning yagona, bir butun real ko'rinishi sifatida namoyon bo'ladi. Adabiyotda M. va sh. tushunchalari 18-19-a. boshlaridagina bir-biridan farqlana boshladi. Lekin badiiy adabiyotga xos M. va sh.ning o'ziga xos birligi bu ikki tomonni bir-biridan ajratgan xrlda o'rganib bo'lmasligini ko'rsatadi. Chunki adabiy asarning mazmuni, mohiyati uning shakli orqaligina yuzaga chiqadi. Shuningdek, maz-mundan uzoqlashgan shakl nutqning oddiy fakti, tilshunoslik, statistika yoki mantiqob'yektiga aylanadi. Mazmunning shaklga (yoki aksincha) o'tish qollari falsafada qam, adabiyot va san'atda ham ro'y beradi. Hoz. adabiyotda umumiy shakl bo'lib ko'ringan jiqatlar qachondir mazmun bo'lgan. Janrning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan ko'pgina tomonlar dastlab shakl holatida emas, balki mazmunga aloqador bo'lib ko'ringan. Ular bir necha asarda, bir necha yozuvchi ijodida takrorlanaverib, qat'iylashgandan keyingina shakliy hodisaga aylangan. Mas, novellalarga xos syujet, ixchamlik, lo'ndalik va b. dastlab janr belgilari sifatida emas, balki shakliy belgilardan kengroq, mazmundan ajralmaydigan xususiyatlar ko'rinishida namoyon bo'lgan. Bokkachchoning Dekameron asari yaratilganidan keyingina novella janriy shakl sifatida tan olindi. Shakl mazmunga tobe bo'lgani holda, o'zi ham nisbatan mustaqillik xususiyatiga ega. Bu nisbiy mustaqillik, badiiy asarning shakli no-mukammal bo'lganda, ayniqsa, seziladi. Bunda asarning mazmuniga putur yetadi, mazmun yorqinligi va ta'sirchanligini yo'qotadi. Chinakam san'at asarida M. va sh.ning birligi, yaxlitligi talab qilinali. Shakl va mazmun munosabati haqida so'z borganda, mazmunning yеtakchiligi, uning shaklni bеlgilash xususiyati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiatga (inson tomonidan yaratilgan narsalarga) nazar solinsa, buni yaqqol ko'rish mumkin bo'ladi. Misol uchun yana o'sha stulni olaylik. Yuqorida ko'rganimiz o'tirish uchun mo'ljallangan moslama dеgan mazmun yasalajak buyumning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 732.43 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:54 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 732.43 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga