Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati

Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Reja: Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar to'g'risida. Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham san'at sohasi sifatida. Badiiy adabiyotning ijtimoiy tabiati. XX asr boshlarida ulug' yurtdoshimiz Cho'lpon Adabiyot nadir? degan savolni o'rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga baholi qudrat javob izlagan edi. Asrimizning o'rtalarida ulug' fransuz yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham huddi shu nomli maqola bilan chiqqan hamda shu savolga o'zicha javob bergan edi. Agar biz diqqat bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki bu tarzda muntazam qo'yilib kelishiga guvoh bo'lamiz. Qizig'i shundaki, bu savolga har bir davr o'zicha javob beradi, boz ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari-da bir-biridan jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin bo'lmagan adabiyot nadir? savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi, adabiyot ijtimoiy bo'lishi kerakmi yoki yo'qmi, adabiyot ommaviy bo'lishi kerakmi yoki elitarmi kabi asosiy masalalarni o'z ichiga oladi. Biz o'zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo'lmaydigan, oxirigacha muayyan ta'rifu qoidalar asosida tushuntirib bo'lmaydigan murakkab hodisalar mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa-hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday murakkab, ziddiyatli tomonlarni o'zida jam etgan hodisa sanalishi kerak. Yuqorida qo'yilgan savollardan birinchisiga - adabiyot san'atmi yoki ong sohasimi degan masalaga to'xtalsak, bu narsa ancha ravshan ko'rinadi. Keyingi yillarda sho'ro davrida o'ta yalang'och ijtimoiylashgan adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash va sh.k. maqsadlarga bo'ysundirish amaliyotiga aks ta'sir tarzida adabiyotni sof san'at sifatida tushunish, unda faqat san'at hodisasinigina ko'rish tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko'rishlik qanchalik xato bo'lsa, unda sof san'atnigina ko'rish ham shunchalik xatodir. Sof san'at tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga e'tiborsizroq, ko'z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga ko'pincha zid qo'yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning bir paytda mavjud bo'lishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini tashkil etishiga halaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy faoliyatining mahsuli bo'lgan adabiyot ularning ikkisini o'zida jam qilolmas ekan?! Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va tushuntirish o'ng'ayroq ko'rinadi. Adabiyotning ilk namunalari sanaladigan asotir(mif)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir, Avestodagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari tabiatni, insonning paydo bo'lishi, uning o'limi sirlari va sh.k. muammolarni bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va san'atning rivojlanish darajasi ham ulardan ko'z ilg'amas darajada uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo'lib qoldi. To'g'ri, keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.26 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.26 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga