Badiiy asar-betakror olam Mazmun va shaklning uzviy birligi Xarakter - ham mazmun ham shakl hodisasi Pafos Badiiy pafos O'tkan kunlar haqiqati Reja: Кirish Badiiy asar-betakror olam Mazmun va shaklning uzviy birligi Xarakter - ham mazmun ham shakl hodisasi Pafos Badiiy pafos O'tkan kunlar haqiqati Badiiy asar abadiyatni bezaydigan, umri boqiy va mag'zi to'q go'zallik (A.Qahhor) ekan, demak, hayot adabiyotga saralanib, tozalanib, poklanib-badiiylashtirib (badiiy haqiqatga aylantirilib) kiritiladi; ya'ni u qayta bichiladi, qayta tikiladi va bo'lishi mumkin bo'lgan yangi voqyelik (V.Belinskiy) yaratiladi. Bu voqyelik mazmuni xarakterlar olami orqali harakatda va rivojda ifoda etiladi. Bu hayot to'laligi va boqiyligi bilan kitobxonda kuchli hayajon va zavq uyg'otadi. Badiiy asar hayotning o'ziga xos yaxlit, mustaqil bir parchasini qaytadan jonlantirarkan, juda ko'plab betakror va murakkab jarayonlarni boshidan kechiradi, ayni paytda, har biri yakka olam (asar) bo'lib dunyoga keladi. Mavzu va g'oya, obraz va xarakter, syujet va kompozisiya, badiiy til va uslub, tur va janrlar kabi vositalar asarning mukammalligini, badiiyligini ta'minlashga xizmat qiladilar. Ular har bir asarda betakror tarzda uyg'unlashadilar va jonli bir vujudni - badiyatning aniq bir farzandini dunyoga keltiradilar. Bu jarayonni qismlarga bo'lib tekshirish g'oyatda qiziqarli va dolzarbdir. Demak, adabiyot haqidagi tushuncha va mushohadalar to'liq bo'lishi uchun aniq badiiy asarning tahlilini zaruratga aylantiradi; ana shu asos badiiylikning qonuniyatlarini yanada ravshanlashtiradi, badiiy ijodning biz hozirgacha e'tibor qilmagan mag'izli xususiyatlarini ayonlashtiradi. Bularning birlamchisi badiiy asar (dunyodagi hamma narsa)da tashqi va ichki hayotning mavjudligi va ular o'rtasidagi vobastalikning uzviy aloqasidir. Adabiy asarning joni-uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo'lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas (A.Qahhor). Badiiy asarning bosh mazmuni yozuvchi ifoda qilmoqchi bo'lgan g'oya bo'lsa, ana shu g'oya badiiy tarzda obrazlarda o'z aksini topadi. Obrazlilik hayotni aks ettirishning usulidir. Obrazlilik (obraz) xarakter tasviri orqali voqye bo'ladi. Xarakter (obraz) badiiy asarda mavzu va g'oya, syujet va kompozisiya, badiiy til kabi vositalar orqali yaratilar ekan, bu unsurlarning hammasi ham shakl sanaladi. Demak, badiiy asar mazmunining libosi, qobig'i, jasadi-shakldir. Mazmun shaklga nisbatan doimo yetakchilik qiladi (sifat belgisi unda joylashadi), doimo o'ziga munosib qobig'ni yaratadi. Jumladan, turlar va janrlar (epos, lirika, drama; roman, g'azal, tragediya kabi) o'z mazmun ko'lami, mazmunning keng yoki tor ifoda etish darajasiga ko'ra farqlanadi. Ijodiy jarayon aslida haqqoniy, ya'ni salmoqdor mazmunni yorqin ifoda etishga qodir shaklni axtarishdan iborat (I.Sulton), uni topish, kashf etish doimo qiyin kechadi. Abdulla Qodiriy O'tkan kunlar romaniga tegishli manbalarni to'plagan, qo'li qalamga xiyla kelib qolganiga qaramay, g'arb romanchiligi asosida kattaroq bir asar yaratish havasi bo'lsa-da, tinchlik bermayotgan tarixiy voqyealarni ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.51 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.51 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc