Badiiy asar kompozitsiyasi

Badiiy asar kompozitsiyasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asar kompozitsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asar kompozitsiyasi Reja: Kompozitsiya san'ati Kompozision vositalar: asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, qoliplash, asar annotasiyasi. Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasi Tayanch tushunchalar: Kompozitsiya atamasi. Uning vazifasi. Kompozision markaz. Muvofiqlik. Me'yor. Asar sarlavhasi. Epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod, badiiy qoliplash, asar annotasiyasi. Syujet va kompozitsiya aloqasi. Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o'zaro bog'liqligi va joylashish (o'rinlishish) tartibi tushuniladi. U o'zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o'zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo'lim, band, parda, ko'rinish va sh.k. bo'linishini jamg'aradi. Darvoqye, kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo'ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik, ayni chog'da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir Uning maqsadi barcha bo'laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g'oyasini to'liq ifodalashga qodir bo'lsinlar1. Bu fikrlardan ko'rinadiki, asar g'oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko'rinish, bironta xatti-harakat, bironta so'z bo'lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go'zallikda yagona bo'lgan olamni - badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo'ladi. har qanday asardagi bosh g'oya (Mas., O'tgan kunlarning bosh g'oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) - kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so'zlar) bo'ysinadi va uning talabiga ko'ra asar to'qimasidan o'z o'rnini oladi. Ayni paytda bosh g'oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: O'tgan kunlarda Kumushning ko'zyorishi (tug'ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor - azadorliklari tufayli Kumushning tug'ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o'zbek odatiga binoan qizning birinchi tug'ishida onasi uning oldida bo'lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo'lganida zaharlanish yuz bermagan bo'larmidi?) va halok bo'lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni - eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko'rsatish orqali) isbotlaydi. Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me'yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo'l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, Yozuvchi sayoz joyda cho'kadi (A.Muxtor), bayonchilikka yo'l qo'ysa - jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa - san'atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko'plab yo'l qo'ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: O'zbeknomadagi markaziy fikr Bu - o'zbek xalqi buyuk xalq, u o'tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o'zbek xalqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.97 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.97 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga