Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi Reja: 1. Syujet haqida tushuncha va uning ta'rifi 2 Syujet-xarakterlar namoyon bo'ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi 3. Yasama, Tayyor, Sayyor syujetlar 4. Syujet tiplari 5. Syujetning tarkibiy qismlari 6. Tur va janrlarda syujet Tayanch tushunchalar: Syujet atamasi. Syujet ta'rifi. Syujet - xarakterlarini namoyon etadigan, hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar jami. Yasama, Tayyor, Sayyor syujetlar. Xronikal syujet. Konsentrik syujet. Xronikal - konsentrik syujet. Syujetning tarkibiy qismlari: prolog, ekspozisiya, tugun, voqea rivoji, kulminasiya, yechim, epilog. Tur va janrlarning syujet bilan aloqasi. Yuqorida Yulduzli tunlar romanidan keltirilgan parchani xotirlasangiz, fotihlikdan, shohlikdan, Ko'hinurdek boylikdan otalikni, insoniylikni yoqlagan, humoyunga o'z jonini sadqa qilgan Bobur - benazir podshoh, dilbar inson, degan fikrni yetkazish uchun hayotda bo'lishi mumkin bo'lgan voqea yaratiladi: humoyun og'ir xastalanadi. Uning davosi topilmagach, Shayxulislom qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko'hinur olmosini din yo'liga tasaddiq qilishni so'raydi. Shayxulislomning nafsi sirini tushungan Bobur, o'g'il uchun unday olmoslarning yuztasidan ham azizroq bo'lgan jonini Parvardigorga tasaddiq qiladi: humoyunga umri - jonini qurbon etadi va humoyunning sog'ayib ketishini Allohdan iltijo qiladi Bu voqeani ko'z o'ngida jonlantirgan, Bobur, humoyun, Mohim begim, Shayxulislom kabi obrazlarning o'y-xayollari, intilishlari, maqsadlarining eng nozik nuqtalarigacha aniq his etgan kitobxon Bobur haqiqatan ham dilbar inson, benazir podshoh degan xulosa(g'oya)ga keladi. Xuddi ana shu fikrning isbotini yuzaga chiqargan parchadagi voqea(voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni syujet (fr. Sujet-predmet, tema) deb yuritish - ijodiy jarayonning qonuniyatlaridan biridir. Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to'qnashuvlar, o'sish-o'zgarishlar jami tushuniladi; chunki Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya'ni odamlarning o'zaro aloqalari, ular o'rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o'rtasidagi munosabatlar - u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir(M. Gorkiy). Badiiy asarda syujetning yaratilishini g'oyaviy mazmun boshqaradi, g'oyaviy mazmunning talabiga uyg'un holda xarakterlar namoyon bo'ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o'z navbatida asar g'oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. Jumladan, tragik xarakter qaltis, og'ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o'zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo'zg'atuvchi arzimas voqealarda o'zligini (masalan, Adabiyot muallimidagi Boqijon Baqoyev) ko'rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig'i voqealar mantig'iga va aksincha, voqealar mantig'i xarakterlar mantig'iga (F.M.Golovchenko, M.Qo'shjonov, T.Boboyevlar ham ta'kid qilishgan) mos bo'lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir. Jumladan, O'tgan kunlardagi Otabek o'zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida bir jonsiz haykal o'rnida bo'ladi. homidning ig'volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek Men sizga isxonaman degan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.26 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.26 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc