Reja: Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyektiv va subyektiv jihatlar haqida. Kontekstual va immanent tahlil. Tahlil metodlari Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo'llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog'liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda analiz deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o'rnini o'rganishni ko'zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham - o'qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o'qish tushuniladi. Bu xil o'qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganadi. Talqin atamasini biz interpretatsiya istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng ma'noda talqin so'zi o'zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma'lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o'zigina emas, tushuntirish hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o'tmish ilmida talqin so'zining ma'nosi qisman sharh, tafsir atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi obrazlar tilini mantiq tiliga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir. Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, o'quvchi badiiy asarni tushundi degani, mohiyatan, o'quvchi asarni o'zicha talqin qildi deganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy o'quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so'zlarini va h.), ularning o'zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, konkret badiiy asar turli o'quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o'quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog'li turfa bo'lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo'ladi. Bu yadro esa - badiiy asarning o'zi, badiiyat hodisasini o'zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo'ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o'rinda talqin ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.76 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.76 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc