Badiiy asar tarkibi Reja: Sujet haqida umumiy tushuncha . Konflikt va uning turlari. Sujet elementlari. Xulosa. . Sujet ( fransuzcha - s u j e t predmet, mazmun ) - adabiy asarda tasvirlangan harakatning mazmunini ifodalovchi voqealar sistemasi, aniq voqealar tizmasida namoyon bo'ladigan harakatlar tarixidir. Bibixonim haqidagi afsonada haqiqiy podshoh o'z fuqarolarining orzu umidlarini ro'yobga chiqaradi, degan fikrni yetkarish uchun hayotiy bir voqea yaratiladi. Bibixonim Amir Temur safarda yurgan paytlarida Samarqand saltanatini boshqaradi, fuqarolar ahvolini bilish uchun erkakcha qiyinib, bozorlar, mozorlar, madrasalarni aylanadi. Uchta mullabachchalarning suhbatini tinglaydi va ularning orzularini ro'yobga chiqaradi. Bu ta'sirchan hikoyani kitobxon qalban va aqlan his etib, mushohada qilib, yozuvchi aytmoqchi bo'lgan fikrni go'yo o'zicha kashf etadi. Kitobxonni g'oyaning tug'ilishiga ishontirgan asardagi voqea sujetdir. Demak, sujetni bunyod etuvchi, uning ta'sirchanligini ta'minlovchi kuch - g'oya, shu sujet ichida harakat qiluvchi xarakterlarning o'zaro munosabatidir. Barcha badiiy asarlarning majburiy universal uchta unsuri bo'ladi: til, mavzu, sujet. Demak, sujetsiz badiiy asar bo'lmaydi. Odamlarning o'zaro aloqalari, ular o'rtasidagi qarama - qarshiliklar, simpatiya va antipatiyalar umuman kishilar o'rtasidagi munosabatlar u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishi sujetdir. Demak, bundan shunday xulosa chiqadiki, qahramonlarning o'zaro murakkab munosabatlari asar sujetini tashkil etadi. Ayrim asarlarda ular turli davrlarda turli mualliflar tomonidan yaratilsa ham bir xil mavzu, bir xil qahramonlar taqdiri naql qilinadi. Buning yaqqol namunasini Sharqda yaratilgan Xamsa chilik (N.Ganjaviy, X.Dehlaviy, A.Jomiy, A.Navoiy) an'anasida ham ko'rish mumkin. Yoki turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o'g'li bilan kurashga tushishi sujetini uchratish mumkin; antik eposda Odissey Telegon bilan; olmonlarda Geldebrand Gadubrand bilan; eronlarda Rustam Suhrob bilan; o'zbeklarda Go'ro'g'li Avaz bilan olishadi. Ana shunday asarlardagi sujetlar sayyor sujetlar deb yuritiladi. Ammo sayyor sujetlar asosida yaratilgan har bir asar mustaqil asardir, unda kashf etilgan xarakterlar betakrordir; mualliflarning mushohada salohiyati, badiiy mahorati turlicha va har biri o'ziga xosdir. Badiiy asarda xarakterlarning mantig'idan voqealar mantig'i; voqealar mantig'idan xarakterlar mantig'i kelib chiqadi. Xarakter va voqealar o'rtasidagi uyg'unlik va hamkorlik shu darajada bo'lishi lozimki, voqea xarakterni yaqqol ko'rsatishga, xarakter o'z novbatida voqeaning mohiyatini tushunishga kalit bo'lishi lozim. Shu niqtai nazardan qaraganda, sujet xarakterlar mantig'ini namoyon qiladigan voqealar silsilasidir. A.Qodiriy Otabekni irodali xon qiziga loyiq yigit, orzudagi o'g'il, sofdil va mard yigit, deb tasvirlashni ko'zlagani sabab roman sujeti voqealari shu xarakterdan kelib chuqib quriladi. Ikkinchidan, asarda davr sharoiti mantig'iga yozuvchi izchil ravishda amal qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmida ro'y berishi mumkin bo'lgan voqealar (xon va beklarning amal uchun kurashlari, qipchoq va qorachoponlar o'rtasidagi qirg'in, xotin ustiga xotin olishlar, kundosh fojeasi) ni tipiklashtiradi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.3 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.3 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc