Badiiy asar tili modulini o'qitishda interfaol usuldan foydalanish mavzusidagi BITIRUV LOYIHA ISHI MUNDARIJA KIRISH3-4 I-BOB. BADIIY ASAR TILINI O'RGANISH VA TAHLIL QILISHNING NAZARIY JIHATLARI 1.1. Adabiyotshunoslik nazariyasi o'quv predmetiga ta'lim texnologiyasining tatbiq etilishi 5-8 1.2. Tahlil vositasida badiiy asar tiliga xos xususiyatlarni aniqlashda interfaol usullarning o'rni 9-21 II-BOB. BADIIY ASAR TILI MODULINING O'QUV-USLUBIY TA'MINOTI. 2.1. Badiiy asar tili modulidan ma'ruza matni22-52 2.2. Modul yuzasidan keyslar to'plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar53-72 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta'lim yuzasidan ko'rsatmalar73-80 XULOSA VA TAKLIFLAR81-82 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI83-86 KIRISH Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi Adabiyotshunoslikka kirish o'quv predmetining Badiiy asar tili mavzusi yuzasidan ta'lim texnologiyasi ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlarni texnologizatsiyalash qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Badiiy asar tilini o'rganish va o'rgatish dolzarbligi, yo'llari bayon qilingach, loyihalashtirilgan o'qitish texnologiyalari taqdim etilgan: - ma'ruza mashg'ulotlarida: kirish, axborot, ekspert taklif qilgan holdagi, muammoli, ma'ruza-vizualizatsiya, ma'ruza-konferensiya, ma'ruza-munozara, muayyan vaziyatni hal qilgan holdagi ma'ruza, yakuniy ma'ruzalar. - keys-stadi va o'qitadigan o'yin usullariga asoslangan amaliy mashg'ulotlarda, o'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida olingan bilimlarni qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha (muammoli seminar), bilim va ko'nikmalarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo'yicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanish malakasini takomillashtirish bo'yicha seminarlarda foydalanilishi mumkin. Bitiruv loyiha ishining maqsadi. Mazkur modulni o'qitishning asosiy maqsadi - badiiy asar tilini tahlil qilish uchun yo'llanma berish, badiiy matnni turli metodlar asosida har tomonlama ilmiy-estetik tahlil qilish, badiiy asar tili bilan shug'ullanish, unga xos xususiyatlarni o'rganish, asar strukturasida tilning tutgan o'rnini aniqlash, nafaqat ilmiy, balki ma'naviy-axloqiy yumush ekanini belgilash. Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - badiiy asarni tahlil qilish yo'llarini belgilash; - adabiy ta'limni amaliyot bilan bog'lash; - asar tili tahlilida adabiy turga xos xususiyatlarni hisobga olish; - nasriy, nazmiy va dramatik tur xususiyatlarini farqlash; - badiiy asarlarni turli metodlar asosida tahlil qilishni tushuntirish; -jahon adabiyotshunosligidagi tahlil metodlari bilan tanishtirish; -talabaga san'at asarlarini his qilishni o'rgatish. Bitiruv loyiha ishining obyektini Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti institutida o'qitilayotgan adabiyotshunoslikka kirish faniga doir nazariy masalalar va tashkiliy xarakterga ega bo'lgan hujjatlarni o'rganish tashkil etadi. Mavzuning predmeti oliy ta'lim muasasalarida talabalarga badiiy asar tiliga xos jihatlarni o'rgatish hamda uni nazariy va amaliy tadqiq etish hisoblanadi. Bitiruv loyiha ishi nazariy va amaliy ahamiyati «Badiiy asar tili» mavzusi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o'rgatish omilidir. Badiiy tilga xos jihatlardan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo'lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz qiladi. O'zbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyot tanuvi darajasidan orqadaligi, germenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik tahlil imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy til bilan shug'ullanish va ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
229.41 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
229.41 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:55 ]
Arxiv ichida: doc