Badiiy asarda mazmun va shakl birligi Reja: 1.Badiiy asar mazmuni tushunchasi. 2.Badiiy asar shakli tushunchasi. Badiiy asar mazmuni tushunchasi. Mazmunning salmoqdorligi. Badiiy asar mazmunining o'ziga xos xususiyatlaridan biri unda inson uchun, million-million kishilar uchun muhim bo'lgan g'oyalarning mavjudligidir. Buni mazmundagi salmoqdorlik deb atash mumkin. Adabiyot bunyod bo'lgandan bed yozuvchilar o'z asarlarini insoniyat uchun juda muhim bo'lgan g'oyalar bilan to'ldirishga harakat etadilar. Asarda yozuvchi tomonidan maxsus targ'ib etiladigan muhim g'oyalarning mavjudligi adabiyotshunoslikda tamoyil deb ataladi, buyuk yozuvchilar ijodida ayniqsa yaqqol ko'rinadigan bu fazilatga juda baland baho beriladi. Aslida yozuvchilik boshqalarning xayoliga kelmagan, ammo hamma uchun juda muhim bo'lgan g'oyalarning tug'ilishidan va shu g'oyalarni mumkin qadar ko'proq kishilar ongiga yetkazish ehtiyojini sezishdan, bu ehtiyojning talantga tinchlik bermasligidan boshlanadi. Jahon adabiyoti tarixida ko'zga ko'ringan biror asar yo'qki, uning uchun mazmunning muhimligi, salmoqdorligi, xarakterli bo'lmagan, unda zamona hayotining eng muhim tomonlari, davrning eng ilg'or g'oyalari o'z aksini topmagan bo'lsin. Sayoz, mazmuni puch asar hech qachon o'quvchilarning ongi va qalbiga ta'sir ko'rsatmaydi, shu sababli zamonasi hamda keyingi avlod-larning ma'naviy hayotida sezilarli rol o'ynamaydi. XVII asrda buyuk Gyote tomonidan yaratilgan va haligacha o'z qimmatini saqlab kelayotgan ilk realistik durdonalardan biri - Yosh Verterning iztiroblari nomli romanning qanday xusu-siyatlarga ega ekanini eslaylik. Bu asarning bosh qahramoni Verterning sarguzashtini bir necha satrda bayon qilib berish mumkin. Kamtarin amaldor Verterga o'z xizmatining behudaligi ham, atrofini o'ragan muhitning cheklanganligi ham juda malol kelar edi. Harlotta bilan uchrashuv uning hayotini birdaniga sermazmun va yorqin qilib yuboradi. Ammo Harlotta - boshqa kishiniki. Shu sababli Verter yeryuzida yashashga arzimayman, degan qarorga keladi. Gyote sarguzashtni shunday hikoya qilibgina qolmaydi. U o'z qahramonining ichki dunyosini ochadi. Verter hissiyotining boyligini ko'rsatadi. O'sha vaqtdagi jamiyatni - XVII asr Germaniyasini hayotning noma'qul qurilganini chuqur tu-shungan nemis yigiti ko'zi bilan ko'rishga imkon beradi. Bu psixologik va sotsial roman bo'lib, unda Verterning sarguzashti tasodif yoki faqat bir kishiga oid voqea tariqasida emas, balki ijtimoiy haroit natijasida vujudga kelgan fojia tariqasida ko'rsatilgan. O'zbek adabiyotining drama sohasidagi birinchi yirik yutuq-larining maydonga kelishi ham ma'lum darajada mazkur romanning bunyodga kelishiga o'xshab ketadi. Bu tabiiydir, chunki adabiy asarlarning yaratilish qonunlari hamma xalqlarda va davrlarda juda fco'p o'xshash xususiyatlarga ega. Biz shu vaqtgacha epik va dramatik turlarga mansub asarlardagi mazmun salmoqdorligi haqida gapirdik. Link tur (poeziya, she'riyat)ga mansub asarlar mazmunining salmoqdorligi nimada namoyon bo'ladi? Lirik asarlarda shoir go'yo faqat o'zi haqida gapiradi. Tasvir etilayotgan ruhiy holatning muayyan shaxs qalbi bilan bog'liqligi lirik asarlarning umumlashtiruvchi kuchini yo'qqa chiqarmaydimi yoki susaytirmaydimi? Yo'q. Bunga ikki sabab bor. Birinchidan, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.65 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.65 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc