Asarda mazmun va shakl mutanosibligi reja: Mazmun va shaklning o'zaro aloqadorligi. Mazmun haqida tushuncha. Mazmunning shaklga utishi. Shakl haqida tushuncha. Mazmun va shaklning dialektik birligi. haqiqiy san'at asarining sifatini undagi yuksak g'oyaviylik bilan badiiy mukammallikning uygunligi, mazmun bilan shaklning mosligi belgilaydi. Shunga ko'ra, badiiy asarning mazmuni va shakli masalasi adabiyotshunosligimizning g'oyatda muhim muammolaridan biridir. MAZMUN VA ShAKLNING o'zaro aloqaDORLIGI Badiiy asarda mazmun va shakl dialektik aloqada bo'ladi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga utib turadi. Xatto shunday xam bo'lishi mumkinki, asarning bir komponenti bir komponenti bir holatda mazmun hodisasi, ikkinchi holatda shakl hodisasi bo'lib hisoblanadi. Shunga ko'ra, mazmun bilan shakl orasiga xitoy devorini kuyib, ularni katiy chegaralab bulmaydi. Badiiy ijoddagi mazmun va shaklning o'zaro dialektik munosabati filosofiyadagi sabab va natija o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikka uxshab ketadi. Badiiy ijodda mazmun va shakl dialektik birlikda va bir-biriga utuvchi hodisa sifatida olib tekshiradi. Xakikatan xam mazmun va shakl bir-biri shu qadar uzviy bog'liqki, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi: shakl biror narsa ( mazmun)ning shakli, tashqi kuranishi - shusiz shaklni anglash mumkin emas; mazmun xam biror shaklda namoyon bo'ladi - shakl mazmunga aniq tashqi ko'rinish bo'ladi, unga go'zallik bagishlaydi, Shunga ko'ra, mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog'liq. Birok bu birlikda mazmun yetakchilik qiladi - o'zi o'zgarishi bilan shaklning o'zgarishiga sababchi bo'ladi. Shakl esa mazmunga nisbatan bir muncha konservativrok- u sekinrok uzgaradi. Shu sababli, badiiy ijodda yangi mazmun bilan eski shakl o'rtasida ziddiyat kelib chiqishi xam mumkinki, u, albatta, shaklni uzgartirishga olib keladi. Bu urinda ulug o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning sheriyatda mazmun ( mano) va shakl ( surat) haqidagi fikrlarini eslash joizdir. Alisher Navoiy shakl bilan mazmunni, so'zning shakli bilan uning manosini dialektik birikda oladi va shu birlikda mano-mazmunni so'zning yetakchi asosi deb biladi. Shoirning fikricha, sher mazmuni bilan xam, shakli bilan xam go'zal bo'lishi kerak: Nazmda xam asl anga mane durur, Bulsin aning surati xar ne durar. Nazmki mani anga margub emas, Nazmki xam surat erur xush anga, Zimnida mani dogi dilkash anga. Alisher Navoiy mano-mazmuning yetakchiligini inkor etib, kuruk shaklbozlikka berilib ketgan, so'zni suiistimol etuvchi formalist shoirlarni shafkatsiz fosh etgan, ularga qarshi tinimsiz kurash olib borgan. Afsuski, bunday formalizmga berilish holati adabiyot tarixida, axyon-axyonda bulsa-da uchrab turadi. Bu urinda, loakal, X1X asrda Kukon xoni- Amir Umarxon saroyida yashagan shoirlarning kupi shoir Amiriy (Amir Umarxon)ga taklidan yaratgan kuruk shaklbozlikdangina iborat sherlari eslash kifoya. Bu shoirlarning shelarida shakl bor-u iazmundan tayin yuk. Shunga holatni 20-30- yillarda ijod kilgan ayrim o'zbek formalist shoirlari ijodida xam ko'rish ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.93 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.93 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:53 ]
Arxiv ichida: doc