Badiiy asarning belgilar(semiotika) bo'yicha tahlili Reja: Simvol haqida tushuncha,uning lug'aviy va istilohiy ma'nolari. Badiiy adabiyotda simvol-ramz tushunchasining mazmun mohiyati Ramziy obraz tushunchasi va uning badiiy funktsional tuzulishi, Sharq mumtoz va hozirgi zamon o'zbek she'riyatida ramziy obrazlar. Xalq og'zaki ijodida ramziy obrazlar dunyosi. Badiiy ijod jarayonida qo'llanadigan simvollar o'zining xarakteri, imkoniyatlari va bajariladigan vazifalari jihatidan alohida qimmatga ega. Poetik simvolning tuzilishi, uning o'ziga xosligini aniqlash uchun simvol tushunchasining nisbatan keng ma'noda qo'llanishi va simvol obraz bilan simvol belgi o'rtasidagi o'zaro munosabat masalasiga oydinlik kiritish lozimbo'ladi. Simvollarning (belgi ma'nosida) qo'llanish chegarasi xilma-xil bo'lib, u turli sohalarda uchraydi. Simvol tushunchasi faqat san'atda emas, me'morchilik , matematika, fizika, kimyo, kibirnetika, tilshunoslik, falsafa kabi ijtimoiy aniq fanlarda ham keng qo'llaniladi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda simvollarning turli sohalarda qo'llanishi imkoniyatlarini o'rganish ularning ba'zilaridagi bir-birlaridan farqlanuvchi tomonlarini aniqlash bilan bog'liq semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar masalasini o'rganishning muhimligi uni, ya'ni simvol belgini badiiy adabiyotdagi simvol obraz bilan aralashtirib yubormaslik lozimligini ko'rsatadi. Simvol keng ma'noda (grekcha simvol so'zidan olingan bo'lib qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a'zolarining bir-birini tanib olish uchun qo'llanadigan tarixiy belgisidir) belgi tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi ko'rinish, belgi bo'lib, undagi aniqlik, ko'rgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik vositasida unga nisbatan kengroq abstract ma'no ifoda etadi. Bu simvol obrazga taaluqlidir. Simvol - belgi esa ma'nosiga xos bo'lgan sifatlarni, xususiyatlarini o'zida to'liq mujassamlashtirmaydi. Gegelning fikricha, belgidagi mohiyat va ifoda o'rtasidagi bog'lanish, aloqa ularning tasodifiy birlashishiga asoslanadi, xolos. Simvol - belgidagi mohiyat va ifoda o'rtasida ichki bog'lashining bo'lmasligini matematik, fizik, ximik simvollarda uchratishimiz mumkin. Simvol - obraz va simvol - belgining o'ziga xos xususiyati, farqlari N. Kostomarov tomonidan ham ancha to'gri hal qilingan. Kostomarov simvollashtirishning turli ko'rinishlarini bir-biridan farqlanishini inson psixologik xususiyatlari bilan bog'liq holda olib qaraydi. Simvollashitirsh nisbatan turli sohalarda uchraydi Farqi shundaki, ayrim xollarda (ya'ni nozik simvollarda) simvol insonning mavjud psixik xususiyatlariga suyangan holda yuzaga keladi, boshqalarda esa, (simvol belgida) u sun'iy bo'ladi, shuning uchun ham o'ta shartli mohiyatga ega. Misollarga murojaat etaylik: O'z yurti, o'z uyida osoyishta, barkamol, Halol mehnati bilan yashab kelgan g'arbu sharq. Amerika sayyodi uchurgan burgutni, Tinchlik kabutarining parvozidan qilur farq. G'afur G'ulomning Tinchlik minbaridan she'ridagi bu bandda burgut, kabutar poetik simvol bo'lib, ularning ma'nosi umumiy mazmun bilan bir butunlikda anglashiladi. Ya'ni burgut urushqoqlik simvoli bo'lsa, kabutar tinchlik simvoli sifatida xizmat qiladi. Poetik simvolda ma'no o'rtasidagi ichki, mantiqiy aloqaning, o'xshashlikning bo'lishi shart. Shuning uchun ham poetik simvol insonning ruhiy holati, kechinmasi tabiat predmetlari vositasida badiiy ifodalash vositasi hisoblanadi. Ruhiy holatni ifodalash ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.92 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.92 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc