Badiiy asarning struktural tahlili

Badiiy asarning struktural tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asarning struktural tahlili - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asarning struktural tahlili Reja: Badiiy asarga yangicha yondashish yo'llari Qadimgi Sharq ilmida matn va badiiy matnga munosabat xillari Strukturalizm yo'nalishi va strukural tahlil usuli Struktural tahlilning paydo bo'lishi va taraqqiyoti Adabiyotshunoslikda strukural tahlilning samaradorligi O'zbek adabiyotshunosligida struktural tahlilning paydo bo'lishi O'zbekiston mustaqilligi adabiyoshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Sho'ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari mafkuralashtirlgan, sosialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo'l-oyog'iga kishan solgan yedi. O'anday bedodlikni, adabiy tanqid «hye» yo'q, «be» yo'q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o'qituvchisi-rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada uddaladiki, manman degan san'atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab, minglab yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband qilindilar. Adabiy tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo'lidangina bordi. Adabiy tanqidning germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari chetga surib tashlandi. Adabiy tanqid zo'r berib ijobiy va salbiy qahramon masalasini bayroq qilib ko'tardi. Kommunist obrazini yaratish xalqlar do'stligi muammosini yoritishda tappa-tayyor qoliplardan foydalanildi. O'zbekiston Mustaqilikka yerishgach, jahon adabiyoshunosligi, tanqidchiligi mag'no-mohiyati shakli-shamoyili ko'zga yaqqol ko'rindi. G'arb, anglo-amerika adabiyoshunosligi badiiy asarni o'qish anglash yestetikasini yaratib bo'lgan, talqinu baholash nazariyasi bobida katta yutuqlarga yerishgan yekan.O'zbek tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko'rinishlari, talqinning yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi.G'arbda taraqqiy yetgan talqin, baholash yo'sinlari mumtoz adabiyoshunosligimizda mavjud bo'lgan. G'arbda «germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so'zlar mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin, ta'vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko'p bo'lgan. Biz ushbu maqolalmizda badiiy matn tarkibi, ma'nolar ko'chimi, tayanch so'zlar-struktura, strukturalizm haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko'rib o'tamiz. Badiiy asar o'ziga xos mikromir: san'atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g'oyalarni ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o'zlashtirsak, san'atkor matnini shunchalik sinchiklab o'rganamiz. Haqiqiy matn - tartibli tarkibiy tizim. Borliq tuzilishida, inson muchasi, a'zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo'lganiday, badiiy asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aysak, badiiy asar - betakror struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni o'qish, o'zlashtirish yo'rig'i, yo'sini, qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi - ma'nolar ko'p yo'nalishi, ko'p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma'no nuqtalarini belgilab olish jiddiy ahamiyat kasb yetadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil qilish yekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq tushunchalar yemas. Biz strukturalizmning paydo bo'lishi, bosqichlari haqida to'xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-yestetik qarashlar tarixini yoritishni; strukturalizm vazifasi va oqibatlarini ochishni; nihoyat, strukturalizmning o'zbek adabiyotida qo'llanishi mumkin bo'lgan yo'nalishlar tarixini ifodalashni maqsad qilib qo'ydik.Mohiyatiga ko'ra strukturalizm yangi soha yemas. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.54 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.54 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga