Badiiy asarning tilini o'rganish. Badiiy asarni o'quv tahlili

Badiiy asarning tilini o'rganish. Badiiy asarni o'quv tahlili

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy asarning tilini o'rganish. Badiiy asarni o'quv tahlili - rasmi

Material tavsifi

Badiiy asarning tilini o'rganish. Badiiy asarni o'quv tahlili Reja Badiiy asar tili haqida. Badiiy asar tilini tahlil qilishning asosiy xususiyatlari. Badiiy adabiyotni ongli va ijodiy o'qishga o'rgatish bugun har doimgidan ko'ra ham kattaroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada badiiy matn tushunchasi, uni tahlil qilish tamoyillari ayricha ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham o'rganishadi. Matnning lingvistik tahlili esa tobora ko'proq e'tibor qozonayotganligi bejiz emas. Badiiy asar matnini o'rganish bilan adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham juda qadim zamonlardan buyon shug'ullanib kelgan, deb aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu masala fanda an'anaviy mavzular qatorida turadi, biroq haligacha mana shu qadimiy muammoning qorong'i nuqtalari, bahstalab o'rinlari oz emas. Garchi oliy o'quv yurtlaridagi bir qator fanlar: adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, ona tili va adabiyot o'qitish metodikasi, badiiy matnning lingvistik tahlili, badiiy asarni tahlil qilishning zamonaviy metodlari, ona tili va adabiyot o'qitishning zamonaviy texnologiyalari yo bevosita, yo bilvosita badiiy matn tahliliga aloqador bo'lsa-da, haligacha ularning eng samarador va amaliyot uchun eng qulay turlari ustidagi bahslar davom etmoqda. Bunda asar tili alohida e'tiborda tutiladi. Badiiy asar shakli tushunchasi «moddiy substrat»dan, ya'ni tildangina iborat emas, vaholanki, badiiy asar shaklini tashkil etuvchi elementlar sirasida (masalan, kompozitsiya bilan yonma-yon tarzda) so'z materialiga, uning tuzilishiga yetakchi o'rin xosdir. Shakl elementlari orasida mazmunning kategoriyalari hisoblanadigan g'oya, obraz, syujet, motiv, vaziyat v.b. bilan eng mustahkam va bevosita bog'lanib ketadigani tildir. Bu munosabatlarning shunday turiki, ular hatto bir-birlariga o'tib turishlari va aylanishlari bilan xarakterlanadi. «Badiiy matnni tadqiq etayotgan adabiyotshunos va tanqidchi uchun eng muhim mazmun kategoriyalari g'oya va obrazdir. Darhaqiqat, g'oya va obraz ajralmasdir, zero badiiy obraz mazmuni badiiy asar g'oyasini tashkil etadi. San'at sohasida mazmunni yaratish, birinchi navbatda obrazni yaratish sifatida namoyon bo'ladi. Yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ochiq ko'rinib turibdiki, badiiy asar mazmunining umumiy talqini, ochilishi va baholanishida tilning ahamiyati nechog'lik kattadir. Shunga qaramay, badiiy matn tahliliga bag'ishlangan tadqiqotlarda g'oya-obraz va til mutanosibligi masalalari turlicha ko'rib chiqiladi». «Ulardan bittasini qayd etaylik: struktur-lingvistik metod o'z tabiatiga ko'ra ikkiyoqlama bo'lgan obyektning bir tomonini - tilni o'rganishga, (biroq nutqni o'rganishga emas) yo'naltirilgan, ayni paytda adabiyotshunos konkret «nutqiy» mavjudlik bilan (mavhum «til» hodisalari bilan emas) bilan mashg'ul bo'ladi». Tilshunoslik faoliyatining bitta sohasi badiiy asar tili va uslubini, jumladan, yozuvchining individual uslubini o'rganishdan iboratdir. Biroq, sof tilshunoslik nuqtai nazaridan o'rganiladigan yo'nalishda badiiy asarning butunligiga ko'ra uning mazmun alomatlarini to'la qamray olmaydi. Biz bir asar tilini tahlil qilishni rejalashtiraylik. Buning uchun e'tiborda tutilishi shart bo'lgan ayrim xususiyatlar borki, biz ularni esda tutishimiz kerak. Bular: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 430.56 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 430.56 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga