Badiiy ijod turlari

Badiiy ijod turlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy ijod turlari - rasmi

Material tavsifi

Badiiy ijod turlari Reja: Adabiy tur va adabiy janrlar haqida umumiy ma'lumot. Epos va uning janrlari. Lirika va uning janrlari. Lirik-epik asarlar. Drama va uning janrlari. Adabiy asarlar shakl jihatdan benihoya rang-barang bo'ladi. Shuning uchun ularni alohida-alohida guruhlarga ajratib o'rganish lozim. Adabiy asarlar shaqlan quyidagi klassifikatsiya qilinib o'rganilishi maqsadga muvofiq: adabiy asarlarning eng yirik gruppalari adabiy tur, adabiy turning ichki gruppalari adabiy tur formalari yoxud adabiy xillar, adabiy xilning ichki guruhlari adabiy janrlar (frans. genre) va nihoyat, adabiy janrlarning ichki bo'linishi janr formalari. Masalan, roman - adabiy janr. U epik turning katta formasiga mansub, ayni choqda, romanning o'zi ham har xil bo'ladi: tarixiy roman, tarixiy-inqilobiy roman, harbiy roman kabi. Bular roman janri formalari. Adabiy ijodni bu xilda tasnif qilish, albatta, shartli an'ana. Ammo bu an'ana ham adabiy jarayonning muayyan bosqichidagi adabiy-estetik ehtiyojlar taqozosi bo'lib, u shu davr adabiy jarayonini, undagi uzluksiz o'zgartirishlarni o'zida mujassamlashtira oladi. Chunki adabiy tur va adabiy janrlar tarixiy kategoriya sifatida doimiy harakat, rivojlanish va o'zgarish jarayonini boshidan kechirib turadi: adabiy hayotda qandaydir forma sifat o'zgarishlariga uchraydi yoki o'z umrini tugatadi, qandaydir yangi forma tug'iladi va hakozo. Adabiy turlar va adabiy janrlarning har biri tarixan tarkib topgan o'ziga xos qonuniyatlar, normalar va xususiyatlarga ega bo'ladi. Voqealarni keng hikoya qilishga asoslangan adabiy asarlar gruppasiga epik tur yoki epos (yunoncha epos - rivoya, hikoya, so'z, nutq) deb ataladi. A.Qahhorning Sarob, Oybekning Qutlug' qon kabi asarlari eposga kiradi. Chunki, ularda ma'lum voqealar tizmasi (kishilar va ularning boshidan o'tgan voqealar) hikoya qilinadi. Epik tur kichik, o'rta va katta formalarga bo'linadi. Kichik epik forma - latifa, ertak, feleton, hikoya, ocherk janrlaridan iborat. O'rta epik forma - povest va katta forma - epopeya va roman janrlarini o'z ichiga oladi. Roman (fransuzcha roman - dastlab roman tillarida yaratilgan adabiy asar) - inson xususiy hayotini jamiyat bilan bog'lab, keng tasvirlovchi yirik epik janr. Muayyan shaxs taqdiri, uning o'z-o'zini anglab yetishi: ongining uyg'onishi, xarakterining tashkil topishi va shakllanishi roman markazida turadi, shaxslar taqdiri vositasida ijtimoiy hayotning u yoxud bu jihatlari ifodalanadi. Povest va hikoyadan farqli o'laroq, romanda qalamga olingan voqea-hodisalarda ko'p kishi qatnashadi, ularning hayoti va kurashlari bir-biri bilan bog'lanadi, to'qnashadi. Povest (ruscha povestvovat - rivoyaviy hikoya qilish) - bosh qahramon taqdiri vositasida hayotning u yoxud bu qirralarini o'rta epik formada rivoyaviy usul bilan aks ettiruvchi asar. Hikoya, novella (italyancha novella - yangilik) - inson hayotidagi u yoxud bu yorqin hodisani, sotsial yoxud psixologik konfliktni xarakter bilan uzviy bog'liq holda rivoyaviy usulda tasvirlovchi kichik epik asar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 39.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 39.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga