Badiiy ijod usullari Reja: Badiiy asar poetikasi Badiiy asar pafosi Badiiy asar mavzusi Badiiy g'oya Badiiy asar kompozitsiyasi Badiiy obraz Prototip Xarakter Badiiy ijod usullari Badiiy asar sujeti Tip Badiiy asar poetikasi Badiiy asar poetikasi deganda asarning tuzilishi, sujet va kompozitsiyasi, til xususiyatlari, hikoya qilish yo'sini, ifoda tarzi, tasvir usullari va vositalari, ohangi va umuman, uning badiiy olami tushuniladi. Poetika so'zi yunoncha bo'lib, san'at, badiiyat kabi ma'nolarni anglatadi. (N.Karimov v b. Adabiyot. 11-sinf uchun darslik. -Tosh., 2004. 122-b.) Badiiy asar pafosi Pafos (yun. hissiyot, ehtiros, iztirob) yozuvchini maftun etgan va butun asarga singib ketgan undagi badiiy tasvirning yo'nalishini belgilab beradigan jo'shqin tuyg'u, g'oya, his-hayajondir. (Q.Yo'ldoshev va b. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik-majmua. -Tosh., 2006. 384-b) Badiiy asar mavzusi Mavzu yozuvchini hayajonga solgan va qo'liga qalam olishga majbur etgan hayotiy materialdir. U odatda yozuvchi yortimoqchi bo'lgan ijtimoiy yoki axloqiy muammo bilan birga tug'iladi. Badiiy g'oya G'oya - asarning tasvir obyekti ustidan chiqarilgan hukm, ya'ni hayot hodisalari haqida kishilarning tasavvurlari va o'sha hodisalarga munosabatlarini ifodalagan tafakkurlari. Badiiy g'oya badiiy asarda tasvirlangan hodisa, tuyg'u, qahramonlar xarakteri, ruhiyati, xatti-harakati va taqdiridan kelib chiqadigan fikrdir. Kitobxon qaldia tug'ilgan his-hayajon, o'ylari, adib o'z oldiga qo'ygan badiiy niyatning amaliyotdagi samarasidir. (N.Karimov v b. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik. -Tosh., 2002. 234-b.) Badiiy asar kompozitsiyasi Kompozitsiya (lot. tuzib chiqish, tartibga solish) - badiiy asardagi qismlar, obrazlar va badiiy vositalarning ma'lum bir g'oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasvirdagi mezoni va muvofiqligi hisoblanadi. Badiiy obraz Badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan personaj atamasi qo'llaniladi. Ko'pincha asaradagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi. Obraz esa keng ma'noda ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasi, tor ma'noda esa badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosidir. Badiiy adabiyotda aks ettirilgan inson obrazi adabiy asar qahramoni deb ham yuritiladi. (N.Karimov v b. Adabiyot. 11-sinf uchun darslik. -Tosh., 2004. 86-b.) Badiiy adabiyotda insonning aniq shaxs qiyofasida yaratilgan, qyni paytda, badiiy umumlashma xususiyatlariga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi. (Q.Yo'ldoshev va b. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik. -Tosh., 2005. 162-b) Obrazlar turli xil bo'ladi. Realistik obrazlar - hayot haqiqatiga monand obrazlar. M.: Otabek, Yo'lchi, Saida. Romantik obrazlar - hayotda aynan bo'lmagan, ammo bo'lishi orzu qilingan obrazlar. M.: Farhod, Bahrom. Xayoliy-fantastik obrazlar - haddan tashqari bo'rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo'jizaviy xarakterga ega bo'lgan obrazlar. M.: Alpomish, Rustam, Suhrob, Oshiq G'arib. Afsonaviy obrazlar - butunlay xayoliy bo'lib, ular bitmas-tuganmas kuch-qudratga, yuksak fazilatlarga ega bo'ladi. Dev, ajina, Kenja botir. Ramziy obrazlar - narsalar, o'simliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.02 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.02 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: doc