Badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar

Badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar - rasmi

Material tavsifi

Badiiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar Reja: Tahlil tarixi, uning ko'rinishlari. Tipologik va qiyosiy tahlil belgilari. Funksional tahlilga xos xususiyatlar. Sotsiologik talqin va formal tahlil. Struktural tahlilga xos jihatlar. Matn interpretatsiyasi va Hermenevtika. Agar dastlabki badiiy asar hazrati Odam tomonidan yaratilgan bo'lsa, o'sha zamonlardan buyon badiiy matnni o'rganish, o'zlashtirishga urinib kelinmoqda. Chunonchi, odamiyatga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblar ham insoniyatning eng buyuk aql egalari tomonidan tafsir qilibkelingan. Ma'lumki, bu kitoblar bir darajada badiiy asarlar sanalardi. Botish, yurtlarida muqaddaskitoblarning tafsiriga eksegez - anglatish, tushuntirish deb qaralgan. Badiiy asarni tekshirishning yuqorida sanalgan turlari yo matn interpretatsiyasi va yoki hermenevtikasi yo'nalishida amalga oshirilgan. Badiiy matnga tahlilchi o'z maqsadi, falsafiy qarashlar tizimi, estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy va badiiy saviyasi va boshqa omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Badiiy tahlilni amalgaoshirishda turli millatlar va mintaqalarda turlicha munosabatlar tizimi qaror topgan. Sharq va g'arb mintaqalarida badiiy matnga tamomila turlicha munosabatda bo'lib kelingan. Sharq,xususan, Turkisonda badiiy asardan, birinchi navbatda, san'at talab etilgan. Badiiy matnning ta'sirli, o'ziga xos, betakror nafis va kutilmagan bo'lishiga e'tibor qaratilgan. g'arbda esa badiiy matndan ko'proq ijtimoiy ma'no qidirilgan, bu hol sotsiologik, funksional tahlil yoki boshqachaaytganda interpretatsiyani kelib chiqargan. Shuning ta'sirida adabiyotshunoslik ilmida har qanday badiiy asar o'z-o'zidan estetik, tarbiyaviy va ijtimoiy-ma'rifiy funksiyalarni birvarakayiga bajaradi deb hisoblab kelingan. Tahlil mobaynida muayyan badiiy asarda ayni shu funksiyalar qaytarzda va qanchalik darajada ado etilishini aniqlashga urinilgan. Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, uning nafis san'at asari ekanligiga unchalik e'tibor qilinmay, diqqat matnni talqin etishga, ya'ni tushuntirishga, unda nima haqda gapirilayotganligini ochishga qaratiladi. Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga o'sha davr talabidan kelib chiqib yondashishni taqozo etadi. Hermenevtika esa badiiy asarga tadqiqiy yondashuvni talab qiladi. Tahlilchi badiiy matning qatlaridagi yashirin ma'nolarni tekshirishga intiladi. Uning badiiyliginita'minlangan tasviriy unsurlarning o'rnini belgilash, asarning ijtimoiy salmogini kashf etishdan kam qurilmaydi. Tahlil xulosalari faqat bir davrga emas, balki zamonlarga yararli bo'ladi.Badiiy matnni tarixiy-tipologik o'rganish badiiy asarni alohida filologik-estetik butunlik sifatidaemas, balki ijtimoiy-tarixiy jarayonning tabiiy oqibati tarzida izohlaydi. Bunga ko'ra insoniyat tarixi bir xil qonuniyat asosida rivojlanadi, binobarin, xalq yaratadigan badiiy obidalar ham ayni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichiga muvofiq tarzda vujudga keladi. Sovet folkloristikasitarixiy-tipologik nazariya asosida yuzaga kelib, rivojlanadi. Afsuski, hanuzgacha ham o'zbekadabiyotshunosligda ana shu nazariyaga tayanib fikrlashga mayl kuchlilk qilmoqda. Shu boisAlpomish deyarli barcha turk xalqlarida hatto dunyodagi turkiy bo'lmagan ayrim xalqlar og'zaki ijodida ham o'z muvoziylariga, variantlariga, o'xshashliklariga ega degan qarash mavjud. Bu qarashga ko'ra ijodiy daho maxsuli bo'lmish badiiy matn shunchaki tarixiy jarayon rivojiningtabiiy va gayriixtiyoriy natijasi, maxsulidir.Sovet olimlari tarixiy-stadial faktorga tayanib, tarixiy-tipologik nazariya asosida turli xalqlar folkloridagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga