Badiiy obraz va mubolag'ali tasvir 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 15-mavzu Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlarning ruhiy holati, o'y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. Inson tasviri ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz, qahramon yoki personaj tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, chambarchas aloqada tasvirlanadi. Inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa hodisalar tasviri ham zarurdir. Insonni tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. Badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyati va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi. Badiiy asarlarning ta'sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos sifat xususiyatlarning orttirib ko'rsatilishi mubolag'a deyiladi. Mubolag'a xalq dostonlarida juda ko'p qo'llaniladigan tasvir vositasidir. Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag'a bulug' yoki ifrot ham deyiladi. Aqlga sig'maydigan darajadagi mubolag'a esa g'ulu bo'ladi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: pptx