Badiiy obraz

Badiiy obraz

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy obraz - rasmi

Material tavsifi

Badiiy obraz Reja: 1. Obrazlilik va obraz. 2. Badiiy obraz vauning asosiy xususiyatlari. 3. Obraz yaratish usullari. 4. Obrazlar tasnifi. 1.OBRAZLILIK VA OBRAZ. Obrazlilik-san'at umumiy xususiyati, hayotni o'zlashtirishning spesifik, formasik usuli,san'atning tili va shu bilan birga hayot hodisalari ustida chiqargan hukmi.Badiiy obraz-obrazlilik tushunchasining bir qismi.Obrazlilik-adabiy ijodning mohiyatini,umumiy xususiyatlarini: adabiy qahramon,badiiy til,tabiat,predmet,hayvonot dunyosi tasviri va hokazolarni o'z ichiga qamrab oladi.Obraz - san'at asaridagi inson ta'sviri. Demak,obrazlilik - keng ma'noda,badiiy obraz - tor ma'noda qo'llaniladi. Biroq shuni ham esda tutish kerakki,obraz atamasining o'zi ham ikki ma'noda,ya'ni keng va tor ma'nolarida qo'llanilmoqda. Obraz atamasi keng ma'noda qo'llanilganda obraz tushunchasi doirasiga inson tasviridan tashqari peyzaj,detallar,buyumlar,predmetlar,jismlar hayvonot dunyosi,asar tilidagi tasvir vositalari va xokazolar kiritiladi.Obraz atamasi tor ma'noda qo'llanilganda esa faqat inson hayotining badiiy manzaralari anglashiladi xolos. Obraz nazariyasi haqidagi ibtidoiy fikrlarni mashhur yunon faylasufi Aristotelning estetik qarashlaridayoq uchratish mumkin (qarang:Aristotel, Об искусстве поезия.М.1957,стр.118).Biroq,obraz atamasi birnchi marta mashhur nemis faylasufi Gegelning estetikaga oid asarlarida ishlatilgan, bu haqda jiddiy ta'limot ham ana shu olim qalamiga mansub. Gegel (1770-1831) o'z estetik qarashlarida san'at haqida fikr yuritar ekan, San'at - obrazlar orqali fikrlash demakdir deb ta'kidlaydi.San'atga berilgan bu ta'rif klassik ta'rif bo'lib qolgan. Rossiyada obraz atamasini asosan V.G.Belinskiy (1811-18487) adabiyot ilmiga olib kirdi, bu haqdagi ta'limotni mukammallashtirdi. O'tmishda o'zbek adabiyotida obraz atamasi ishlatilmagan,buning o'rniga tasvir, nusxa kabi iboralar qo'llanilgan.XX asrda O'zbekistonda ham obraz atamasi qo'llanila boshlangan.Asosan,obraz atamasi 1939-yilda nashr etilgan Izzat Sultonovning Adabiyot nazariyasi darsligida juda keng va prinsipial ravishda ishlatilgan. Shundan beri bu atama o'zbek adabiyotshunosligi terminalogiyasidan mustahkam o'rin olgan. 2.BADIIY OBRAZ VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Ma'lumki,san'at va adabiyotda hayot obrazlar vositasida aks ettiriladi. San'atkor hayotni kuzatadi,kuzatgan voqealarini tafakku olamidan o'tkazadi,ularni qayta tashkil qilib yana jonli hayot shaklida yaratadi. Hayot voqea-hodisalarini qayta tiklashda inson obrazi g'oyatda muhim rol o'ynaydi. V.G.Belinskiyning fikricha, Roman yoki qissada shaxslar,xarakter va tipiklik bo'lmasa,hayot-voqeligi qay darajada to'g'ri chizilgan bo'lmasin kitobxon undan hayotning real aksini topa olmaydi. («Русскле писатели о литературним труд»,Л.1954,т.1,стр.526.) Bundan badiiy asarda obraz qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi anglashilarlikdir. Shuni ham aytish kerakki, badiiy obraz deyilganda asosan inson obrazi tushiniladi va u adabiyotda xal qiluvchi rol o'ynaydi.G'oyaviy-badiiy yetuk asarlardagi kishilar obrazlari orqali biz ma'lum bir davr hayoti haqida keng va konkret ma'lumot olamiz.Shu sababli quyida biz obraz haqida fikr yuritar ekanmiz, asosan, kishilik obrazini nazarda tutamiz. Xo'sh, badiiy obrazning mohiyati,asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Prof.L.I.Timofeevning ta'rificha, Obraz - to'qima yordami bilan yaratilagan va estetik qiymat kasb etgan inson hayotning umumlshma va ayni choqda,konkret manzarasidir (Л.И.Тимофеев,Основы теории литературы, Прос.М.1971,стр.62-63). F.M.Golovichenkoning fikricha, Obraz - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 453.67 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 453.67 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga