Badiiy san'atlar

Badiiy san'atlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy san'atlar - rasmi

Material tavsifi

Badiiy san'atlar Reja: Jonlantirish Mubolag'a (giperbola) Portret Peyzaj Sifatlash (epitet) Mulamma' (talme') Tanosub Tazmin Jonlantirish Odamlarga xos bo'lgan xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda, qush kabilarga ko'chirish orqali hosil bo'ladigan tasvir usuli jonlantirishdir. Jonlantirishning 2 xil ko'rinishi bor: 1.Tashxis - jonsiz narsalarni jonlantirish. Tashxis arabcha shaxs o'zagidan hosil bo'lgan bo'lib, shaxslantirish ma'nosini bildiradi. Narsa va jonli mavjudotlarni insonga xos bo'lgan xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir o'z asarida chiroyli va nafis obrazlilikka erishadi. 2. Intoq - nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash . Misol: Bunda qorning taglarida qish, Bahor uchun so'zlaydi olqish. (H. Olimjon) Erta tong shamoli sochlarin yoyib, Yonimdan o'tganda so'rab ko'raman. Aytadir: bir ko'rib, yo'limdan ozib, Tog'u toshlar ichra istab yuramen! (Cho'lpon Go'zal) Mubolag'a (giperbola) Mubolag'a- (ar. lof urish, bo'rttirish) -tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo'rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Sharq klassik she'riyatida mubolag'a san'atiga she'r ziynati sifatida qarab, Ahsanahu akzabahu (eng yaxshi she'r- eng yolg'on she'rdir) degan naqlga amal qilganlar. Mubola'ga quyidagi turlarga bo'linadi: 1.Tablig' - tasavvur qilish mumkin-u, amalga oshirish qiyin bo'lgan bo'rttirilgan tasvir usuli. Misol: Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yiglarimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. (A. Navoiy) 2.Ig'roq- tasavvur qilish qiyin, amalda mutlaqo bo'lmaydigan bo'rttirilgan tasvir usuli. Misol: Otlar kishnar, qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar, Quyosh oltin buloqdir, qaynar, toshar… Ko'k tiniq . (Oybek) 3.G'uluvv - Tasvvur qilish juda qiyin bo'lgan, amalda bo'lishi sira mumkin bo'lmagan bo'rttirilgan tasvir usuli. Misol: Vah, Muhabbat ko'yida qon yig'ladim, Yetti iqlim g'arq bo'ldi yoshima. (Mashrab) Portret Adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi, siymsi, kiyim-kechagi, o'zini tutishi va hoka'zolar tasviri portret (fransuzcha tasvir) deyiladi. Misol: Jodu ko'zi kishiga qattiq qaraganda qoralikdan boshqacha yna bir turlik bur sochar edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko'rinsa ham, ko'ndalang yotgan ikki qilich orasini nafis bir quyilib-ko'tarilish ajratib turar edi. (A.Qodiriy, Mehrobdan chayon, Ra'no portreti) Peyzaj Badiiy asarda as ettirilgan joy va tabiat tasviri peyzaj (fr. mamlakat, joy) bo'lib, u turlichqa vazifalarni o'taydi. Misol: Cho'l burgutini izlab Oltiariqdan Yozyovongacha otda jo'nadim. Hali quyosh botmagan, uning kechki qizg'ish barglari sarg'aygan o'riklarni, terak uchlarini lovullab yondirayotganday. Osmon ko'm-ko'k, ufqda xuddi atayin bo'yab qo'ygandek, qip-qizil bulut parchasi sudralib yuribdi… (Said Ahmad, Cho'l burguti) Sifatlash (epitet) Sifatlash narsa, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-xususiyatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so'zni qo'llashdir. Misol: Kumush qishdan, zumrad bahordan Qolishmaydi kuzning ziynati. (Uyg'un) Suvsiz cho'lda mard Hasan Yakka ketib boradi. (Ravshan dostoni) Mulamma' (talme') Mulamma turli tillarda she'r yozish san'atidir. Misol: Qochib ketdi matchoyilar aksari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.78 KB
Ko'rishlar soni 165 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga