Логотип 7-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 1-mavzu Badiiy so'z qudrati Badiiy adabiyot san'atning murakkab va serqirra turi bo'lib, insonda yuksak ma'naviyatni shakllantirishning eng ta'sirchan vositasidir. Badiiy adabiyot esa tasvirlanayotgan narsa yoki kimsa ning hozirgi holatini qanchalik ishonarli aks ettirsa, uning o'tmishini ham, kelajagini ham shunchalik ta'sirchan va jonli tasvirlay oladi. San'atning adabiyotdan boshqa har qanday turi inson hayoti yoki hissiyotining faqat birgina holatini ifoda eta oladi. Ko'rkam adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra ekanidan tashqari, kishiga qattiq ta'sir ham qiladi. O'zingizga juda yoqqan badiiy asarni o'qigan holatingizni bir eslab ko'ring. Badiiy asarlar ham sizning aqlingizni o'stirishga хizmat qiladi. Lekin ular aqlingizdan ham ko'ra ko'proq hissiyotingizga, tuyg'ularingizga ta'sir ko'rsatadi. Badiiy asar yuragingizni bezovta qiladi. Sizni loqaydlikdan хalos etadi. Kitob varaqlari ichida yashayotgan qahramonlarning holatiga befarq bo'lmaydigan odam o'zining atrofidagi tirik kishilarning quvonch-u g'amlariga ham loqayd qarab tura olmaydi. Shoir Rauf Parfi ning «Tong otmoqda» deb nomlangan she'ridan bir parchani o'qib ko'raylik: Shoir tong otishi qanday sodir bo'lishini batafsil tasvirlab, nima uchun shunday bo'lganligini ilmiy asosda tushuntirib bera yotgani yo'q, balki mavjud hayotiy holatning badiiy manzarasini yaratmoqda. Tong otmoqda. Tong o'qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh - zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. Turkistonlik vatanparvar adiblar tomonidan turli janrlardagi asarlarda zo'r qayg'u-alam bilan aks ettirilgan. Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga» she'ridan olingan quyidagi parchaga quloq tutaylik: Ko'm-ko'k, go'zal o'tloqlaring bosilg'on, Ustlarida na poda bor, na yilqi. Podachilar qaysi dorga osilg'on? Ot kishnashi, qo'y ma'rashi o'rniga Oh, yig'i. Bu nega?! Cho'lponning she'ri ham bolsheviklar qirg'ini, sho'ro mustamlakachilari tomonidan o'lkamizning vayronaga, o'likxonaga aylantirilgani haqida. Cho'lponning she'ri esa aynan tuyg'ularga ta'sir ko'rsatish uchun bitilgan. U she'rxonning hissiy dunyosini bezovta qiladi. Chunki shoirning o'zi tuyg'ular girdobida. Badiiy adabiyotning ilmdan tub farqi shundaki, u ma'naviy haqiqatlarni aks ettiradi, fan esa ilmiy haqiqatlarni ifoda etadi. Bu holat shuni ko'rsatadiki, inson faoliyatida ma'naviyat birlamchi ahamiyatga ega, ammo ilmsiz uni shakllantirish mumkin emas. Ma'naviy haqiqatlar inson mavjudligining maqsadini belgilab bersa, ilmiy haqiqatlar ana shu maqsadga erishishga хizmat qiladigan vositalarni topib beradi. Badiiy asarlarning kishida his-tuyg'u uyg'otishining sababi shundaki, har qanday badiiy asar, avvalo, kechinma, hissiyot, munosabatning mahsulidir. Chunki ijod jarayonining o'zi хolislik, betaraflik holatining buzilishi oqibatidir. Asar yozayotgan ijodkor hech qachon хolis turmaydi. Shuning uchun ham ijodkor hamisha tuyg'ular og'ushida bo'ladi. Abdulla Qahhor Yozuvchining tuyg'ulari nechog'liq kuchli, nigohi o'tkir, dardlari salmoqli, tili biyron bo'lsa, o'quvchi uning asarlariga shunchalik qattiq beriladi. Badiiy adabiyot san'atning nihoyatda qadimiy turidir. Insoniyat paydo bo'lgandan buyon badiiy asarlar yaratilib kelinmoqda deb bemalol aytish mumkin. Badiiy adabiyot ifoda хususiyatiga ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.54 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:56 ]
Arxiv ichida: pptx