Badiiy tahlil asoslari fanining asosiy xususiyatlari

Badiiy tahlil asoslari fanining asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy tahlil asoslari fanining asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Badiiy tahlil asoslari fanining asosiy xususiyatlari, mazmun mohiyati Reja: 1. Badiiy tahlil asoslari fanining predmeti. 2. Badiiy tahlil asoslari fanining ijtimoiy ahamiyati. 3. Badiiy tahlil asoslari fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 4. Badiiy tahlil asoslari fanining taraqqiyot istiqbollari. Badiiy tahlil asoslari kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga o'rgatish omilidir. Dunyoning kupgina universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya ,Qozogiston, Ukraina singari mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon Badiiy tahlil yoki Hermenevtika alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo'lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz qiladi. O'zbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan orqadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo'lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko'rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o'rin tutadigan vositadir. g'oyat ko'p o'lchovli murakkab butunlik bo'lmish badiiy adabiyot o'quvchi tomonidan o'qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go'zallik ma'naviyatga ta'sir ko'rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o'qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yo'llarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo'lmagan joyda badiiy matn o'quvchiningtuyg'ulariga ta'sir etmaydi, ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o'qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning o'zi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo'lgan ijtimoiy ma'no bilan ko'zlanar edi, xolos. Natijada, adabiyot o'q'itish quruq nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O'zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha o'lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy so'z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o'zi uchun ham jiddiy yo'qotish bo'lmagani holda, biror ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni uzlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz o'rta maktablarida tahsil ko'rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga