Badiiy tahlilda shakl va mazmun kategoriyasi Reja: Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida. Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning o'zaro munosabatlari masalasiga alohida to'xtalish lozim.Negaki, badiiy tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo'yiladi. O'quv tahliliga tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o'ziga xos tabiati hisobgaolinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sababadabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi bo'lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda bo'lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech kimnikiga o'xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo'lsa-da, ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik g'oyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko'proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo'lmagan va biri boshqasini taqozo etadiganestetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunnitashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifodaetilishi bilan falsafiy ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko'rinadiki,mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o'ylab topilgan va san'atni mafkuraga bo'ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o'xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo'lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiyasarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo'lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o'zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o'z-o'zicha g'oya emas.Mazmunda xolislik, obyektivlik, tabiiylik mavjud bo'lsa, g'oyada tendensiozlik, tarafkashlik, subyektivlik ustuvor bo'ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal hiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo'lganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunlishakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi qo'llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo'yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo'ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga o'ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.39 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.39 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: doc