Badiiy tasvir va ifoda vositalari Reja: Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha. Tildan foydalanishda normadan og'ish tushunchasi va uning turlari. Leksik satxdagi normadan og'ish: so'z tanlash asosida tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirish. Trop(ko'chim) semantik satxdagi normadan og'ish sifatida. Tropning asosiy turlari. Badiiy tilning eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg'u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib badiiy tasvir va ifoda vositalari deb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidek, badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat bo'lmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda poetik vositalar, sintaktik figuralar, stilistik figuralar kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot so'z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. YA'ni, ko'p hollarda bitta vositaning o'zi ham tasvir ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qo'llaniluvchi ayrim vositalar (mas, tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish vazifasini bajaradi. Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og'adi (ya'ni, til unsurlarini odatdagidan o'zga shakl, ma'no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo'llaydi) va shu og'ishdan ma'lum badiiy-estetik maqsadni ko'zda tutadi. Bu xil og'ishlar tilning turli sathlarida - fonetik, morfologik, leksik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiy-estetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og'ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasvirning jonli va to'laqonli bo'lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Leksik satxdagi normadan og'ish yozuvchining umumxalq tili bazasidagi leksik vositalardan foydalanishida ko'rinadi. Ma'lumki, umumxalq tilidagi so'zlar o'zlarining nominativ holatida ham tasviriylik va ifodaviylik imkoniyatlari jihatidan farqlanadi. YA'ni, ijodkor ifoda va tasvirni so'z ma'nosiga daxl qilmagan holda, mavjud so'z xazinasidan so'z tanlash hisobigagina kuchaytirishi mumkin bo'ladi. Yozuvchining umumxalq tilida mavjud so'zlardan umumodatiydan o'zgacharoq foydalanishi quyidagicha badiiy-estetik maqsadlar bilan yuz beradi: 1. Davr koloritini(ruhini) berish uchun. Lug'atdagi eskirgan so'zlar - arxaizm va istorizmlar odatdagi so'zlashuvda ishlatilmasligi ma'lum. Biroq ular tarixiy mavzudagi badiiy asarlarda davr koloritini berish uchun juda zarur. Deylik, o'z asarida o'n beshinchi asr voqeligini tasvirlayotgan ijodkor, tabiiyki, o'sha davrga xos realiyalarni tasvirlashi lozim bo'ladi. YA'ni, o'sha davr koloritini o'sha davrga xos bo'lgan narsa-buyumlar, hodisalar, tushunchalar va h. nomlarisiz to'la tasvirlab bo'lmaydi. Ikkinchi tomondan, o'n beshinchi asr muhitida harakatlanayotgan personaj tili ham shunga mos bo'lishi, uning nutqida o'sha davrga xos so'zlar va so'zshakllar ishlatilishi obrazning isxonarli va to'laqonli bo'lishiga xizmat qiladi. 2. Adabiy tilda kam qo'llaniluvchi dialektizmlar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
457.23 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
457.23 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: doc