Badiiy til tahlilining germenevtik mezonlari Reja: Badiiy til san'atini tushunishning ijtimoiy mezonlari Mumtoz badiiy tilni tushunishda adabiy tahlilning germenevtik mezonlari Lirik asarlarda ruhiy - psixologik kechinmalarining germenevtik qirralari Jahon adabiyotida ma'rifatparvarlik asarlari g'oyasining germenevtik tahlili Sharq adabiyotida erkin she'r va badiiy til Badiiy til san'atini tushunishning ijtimoiy mezonlari San'at inson hayotining mazmuni. San'atsiz hayot vahshiylik, degan gap aksioma. Biroq san'atni egallash, uni eshitish, ko'rish va his qilish hamda undan zavqlanish barobarida uni tushunish, uni to'laqonli o'zlashtirish muammosi yotadi. San'atning zamirida oddiy insoniy madaniyat turadi. Madaniyat esa, insonlar va xalqlararo tolerantlikning tayanch nuqtasi. San'atni tushunish borasida inson hissiyotning oliy shakli-so'z vositasidagi yolqindan foydalanadi. Badiiy adabiyot esa, so'z san'atidir. So'z til demakdir. Til esa turli shakllarda reallashadi: inson tili, hayvon tili, o'simliklar tili. Tilning bu shakllari undan foydalanuvchilardagi ijtimoiy muhitga munosabat vositasida variantlashadi. Bu o'rinda biz ijtimoiy - siyosiy aloqa vositasi hisoblangan inson tili xususida fikr yuritar ekanmiz, tilning etnik-geografik kategoriyalarini ham farqlanishimiz darkor: milliy til, davlat tili, xalqaro til. Milliy tilning o'zi ham turli shakllarda namoyon bo'ladi: *umumxalq tili, *adabiy til, *rasmiy til, *ilmiy - publitsistik til, *kitobiy til, *so'zlashuv tili, *ko'cha tili, *mahalliy til, *turli tabaqa va guruhlar tili, *badiiy til. Qo'llanishi ko'lami holatiga muvofiq: *qo'llanish doirasi chegaralangan til, *qo'llanish doirasi chegaralanmagan til. Tilning bu kabi klassifikatsiyalari serqirra va ular orasidagi bo'linish hozirda ham davom etmoqda. Biroq, biz bu o'rinda tilning har qanday shakllarini umumlashtira oladigan shakli haqida fikr yuritmoqchimiz: bu til - badiiy til, badiiy adabiyot tilidir. Badiiy adabiyot tili umumlashtiruvchi xarakterga ega, chunki badiiy asar mavzu doirasida voqelik va personajlarning real in'ikosi jarayonida ijtimoiy hayotning har qanday sohasiga dahldor bo'la oladi. Yozma adabiyot o'z taraqqiyotida son-sanoqsiz avlodlarning kollektiv ijodi bo'lgan folklordan donolikni, obraz yaratish sohasida to'plangan tajribalarni, til boyligini va xayol ufqlarining kengligini o'rgandi. Vaholanki, badiiy asar muallif shaxsi va obrazli lisoniy masshtab vositasida tilning har qanday ifoda uslubiga bevosita murojaat qilishi mumkin. Ilmiy, rasmiy, kitobiy, ommaviy, dialektal, chegaralangan va chegaralanmagan til uning ifoda aspektlari ichida bo'ladi. Shu bois badiiy adabiyot tili - badiiy til, badiiy adabiyotning o'zi kabi ommaviy xarakterga ega. Aynan mana shu ommaviylik badiiy adabiyot germenevtikasini ijtimoiy hodisaga aylantiradi (Biz badiiy ijodning ommaviy xarakteri haqida quyida to'xtalamiz). Badiiy asar matni germenevtik tahlili jarayonida badiiy adabiyotning eng muhim atributlaridan biri uning badiiyligini, aniqrog'i, badiiylikning inson tafakkuridagi falsafiy-estetik fantaziyaga munosabatini nazarda tutish lozim. Bu o'rinda badiiylik o'ziga xoslik, istisnolik, ishlanganlik, sayqallanganlik, me'yorlanganlik ma'nolariga yaqin va aynan shu hodisa san'at mavjudlik belgisining eng birinchi talabi. Bu ma'nolar badiiy ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.77 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.77 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: doc