Badiiy uslub va ijodiy metod

Badiiy uslub va ijodiy metod

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiy uslub va ijodiy metod - rasmi

Material tavsifi

Badiiy uslub va ijodiy metod Reja: Uslub haqida umumiy tushuncha Uslubni yuzaga keltiruvchi zarur omillar Tayanch tushunchalar: Badiiy uslub Individual uslub Uslubda obyektivlik Uslub omillari Oybek uslubi A. Qahhor uslubi Borliqdagi biror bir hodisaning aynan takrori yaratilmagan. Hatto qor qalinligi 50 sm bo'lgan har metr kvadratda 1.00.00 dona atrofida qor uchqunlari bor. Shunga qaramay, butun yer yuzini qor qoplasa-da, hyech bir qor zarrasi shaqlan bir - birini takrorlamaydi. Bu haqiqat amerikalik Vilson Bentleyning 50 yil davomida olib borgan kuzatish va tajribalarining xulosasida 1985 yilda ayon bo'ldi. Xuddi shunday ovozlarni, siymolarni, barmoq uchlarining aynan o'xshashi yo'qligi bugungi kunda ko'pchilikka ayon. Hayotning ana shu betakror qonunidan kelib chiqsak, ikkita bir xil yozuvchi (shoir) ning bo'lishi ham mumkin emas. Chunki, yaratilgan har bir insonning ichki va tashqi tuzilishi o'ziga xos biqiq bir olamki, uning betakrorligi o'zligida mujassam etilgan. Shunga asosan har-bir san'atkorning olami - hayotiy tajribasi,bilim darajasi, didi, go'zallikni ko'ra bilishi, tasavvuri, xayolot dunyosi, qalb ko'zi o'zigagina tegishlidir va ana shu o'zlik uning har bir asarida akslanadi. Shuning uchun Uslub - odam (Getyo) tushunchasi asosli va hayotiydir. Shunga asosan V.G. Belinskiyning Yozuvchining mazmun bilan shaklga quyma bir holat bag'ishlay olish qobiliyatini va shu bilan birga hamma - hamma narsaga o'z shaxsi, o'z ruhini takrorlanmas, original muhrini tushirib o'ta olish xususiyatini - uslub deb belgilashi to'g'ridir. Hazrat Alisher Navoiyning El netib topgayki meni, men o'zimni topmasam, - deganlarida hikmat bor. Mavlono Zahiriddin Boburning: Qachonki ko'rgaysan mening so'zimni, So'zimni o'qib anglaysan o'zimni, - deganlarida haqiqat bor. Adabiyotda uslub faqat o'zlik bilan cheklanmaydi, faqat individual belgilarning yig'indisi emas. Unda, albatta, o'zlik ni vujudga keltirgan, o'stirgan ijtimoiy muhitning ta'siri bo'ladi, unda shaxsiylik va umumiylik juda murakab dialektik birlikda bo'lib, o'zaro shartlangan, bir - birini ifodalaydigan 1 tarzda voqye bo'ladi. Shunga asosan romantik tasvir uslubi, realistik uslub, davr uslubi, zamonaviy uslub, milliy uslub, adabiyot uslubi, tasviriy san'at uslubi degan sohalarning mavjudligini ham tan oladi. Uslubda obyektivlikning mavjudligini tan olgan holda shuni aytish lozimki, o'ziga xoslik, ijodkor qalbining betakror urishi - uslubning bosh alomati sanaladi. Uslub asarning butun yaxlit sistemasida namoyon bo'luvchi badiiy o'ziga xoslik (G. L. Abramovich), Adabiy asar unsurlarining bir - biriga bog'liqligi va ularning yozuvchi talantiga mos tarzda garmonik chatishuvi (Vuysiskiy) dir. Uslub bir vaqtning o'zida mazmun ham, shakl ham, g'oya ham, motiv ham. Bularning barchasi birlashganda asar busbutunligini uslub ta'minlaydi. Shunga ko'ra yozuvchi uslubini so'zga, tilga - ulardan foydalanishdagi o'ziga xoslikka bog'lab qo'yish noo'rindir. To'g'ri, adabiyot - so'z san'ati, til adabiyotning birinchi elementi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.88 KB
Ko'rishlar soni 142 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga