Badiiylik Obrazlilik Obraz Umumlashmalik Individuallik Badiiy to'qima Ta'sirdorlik Mubolag'adorlik Xarakter Psixologizm

Badiiylik Obrazlilik Obraz Umumlashmalik Individuallik Badiiy to'qima Ta'sirdorlik Mubolag'adorlik Xarakter Psixologizm

O'quvchilarga / Adabiyot
Badiiylik Obrazlilik Obraz Umumlashmalik Individuallik Badiiy to'qima Ta'sirdorlik Mubolag'adorlik Xarakter Psixologizm - rasmi

Material tavsifi

Badiiylik Obrazlilik Obraz Umumlashmalik Individuallik Badiiy to'qima Ta'sirdorlik Mubolag'adorlik Xarakter Psixologizm Reja: Badiiylik Obrazlilik Obraz Umumlashmalik Individuallik Badiiy to'qima Ta'sirdorlik Mubolag'adorlik Xarakter Psixologizm Nazariyotchi olim Abdurauf Fitrat yozganidek, adabiyot-fikr, tuyg'ularimizdagi to'lqunlarni so'zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to'qinlarni yaratmoqdir.1 Ha, Asli, yozuvchilik aytmoqchi bo'lgan fikrni hammaga barobar anglata bilishda, oraga anglashilmovchilik solmaslikdir.2 Bu aytilganlarning yana biri (insonshunoslik haqida gapirdik)-badiiylikdir. (V.Belinskiy badiiylikni adabiyotning muhim va asosiy xususiyatlaridan biri sifatida talqin qilgani bejiz emas). Ko'pincha adabiyotshunoslar adabiyotning o'ziga xosligi-obrazlilik, deb hisoblaydilar. Bu-tor talqindir, chunki obrazlilik, umuman inson tafakkurining xususiyatidir (falsafada obraz terminidan foydalanish tasodifiy emas.) Badiiylik-obrazlilikdan kengroq tushunchadir. Badiiylik-san'atning hamma turlarining, shu jumladan, adabiyotning eng muhim o'ziga xos xususiyatidir. Badiiylik tushunchasiga obrazlilik kiradi, ammo badiiylik-faqat obrazlilikdan iborat emas. Adabiyotni badiiy qilgan narsa faqat obrazlilik bo'lmay, balki uning vazifalari, mazmuni va shakliga taalluqli ko'pgina xususiyatlardir.3 Badiiylik (Arabcha bada'a fe'lidan kelib chiqqan bo'lib, yangilik kiritish, ijod qilish ma'nolarini beradi) hayotni jonli va ta'sirli qilib tasvirlashning umumiy belgisi, o'xshash qilib qayta yaratilgan olamning tirikligini, mo'jizakorligini, ta'sirchanligini ta'minlovchi hodisadir. Ya'ni badiiylik-badiiy ijodning hamma unsurlari (obraz, xarakter, tip, syujet, detal, kompozisiya, badiiy til, ifoda tasvir vositalari, poetik sintaksis, janrlar, uslub)ni o'z ichiga qamrab oladi, ularning har biriga va ayni paytda, turli-tuman tarzda birlashib, yaxlitlashganlarida jon ato etadi. Demak, badiiylik deganda hayotni jonli va ta'sirli qilib qaytadan yaratish san'ati, hayot hodisalari ustidan chiqargan hukmi, shu hukm ruhida tarbiyalash tushuniladi. Shu mulohazaga suyansak, badiiylikning o'zagi-obrazlilik ekani aniqlashadi u san'atning tili-dir. San'atning san'at bo'lishini ta'minlovchi ruh (jon)dir. Obrazlilik badiiylik ichida yashaganidek, obraz obrazlilikning mohiyatini o'zida tashiydi. Shu sabab obraz tushunchasi (demakki, keng ma'noda badiiylik) adabiyot ilmining bosh masalalaridan sanaladi, chunki unda obrazlilikning mohiyati borlig'icha namoyon bo'ladi. Demak, yozuvchi-san'atkorning butun salohiyati (mahorati, ruhshunosligi, kashfiyoti, donishmadligi) u yaratgan obrazlarda muhrlanadi. Obraz atamasi raz (chiziq) so'zidan olingan bo'lib, raz so'zidan razit (chizmoq, yo'nmoq, o'ymoq) va undan obrazit (chizib, yo'nib, o'yib shakl yasamoq) so'zi yasalgan. Obrazitdan Obraz (umuman olingan tasvir) vujudga kelgan. Obraz nazariyasi, dastavval, Aristotel (Poetika) estetik qarashlarida uchrasa-da, unga birinchi bor nemis faylasufi Gegel ilmiy ta'rif bergan (San'at obrazlar orqali fikrlashdir), tinib-tinchimaydigan rus tanqidchisi V.Belinskiy tomonidan mukammallashtirilgan. I.Sultonning Adabiyot nazariyasi (1939,1980) darsligida, T.Boboyevning Adabiyotshunoslikka kirish (1979) qo'llanmasida keng ishlatilgan, badiiy asar mazmuni va shaklining birligini o'zida ifoda etuvchi vosita tarzida tahlil qilingan. Shuni esdan chaqarmaslik muhimki, obraz faqatgina san'atga tegishli hodisa emas. Buni san'at va tanqid, yozuvchi va tanqidchi o'rtasidagi farqlarda ham yaqqol ko'rish mumkin. Yozuvchi o'z qarashlarini, orzu-istaklarini obrazlar vositasida qalbining dardi, his-hayajoni bilan o'quvchilar ommasiga yetkazsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.44 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga