Bahr haqida tushuncha. Sodda va murakkab bahrlar, doiralar

Bahr haqida tushuncha. Sodda va murakkab bahrlar, doiralar

O'quvchilarga / Adabiyot
Bahr haqida tushuncha. Sodda va murakkab bahrlar, doiralar - rasmi

Material tavsifi

Bahr haqida tushuncha. Sodda va murakkab bahrlar, doiralar Reja: 1. Bahr haqida tushuncha. 2. Sodda va murakkab bahrlar. 3. Doiralar va ularning vazifasi. Tayanch iboralar: bahr, dengiz, buhur, sodda va murakkab, asl ruknlar, bahrlar, murabba', musaddas, musamman, doiralar, aruz metodikasi. I. Bahr so'zi arab tilida dengiz degan ma'noni ifodalaydi. Aruz tizimida bahr atamasi ruknlarning takroridan hosil bo'luvchi vaznlar turkumi tushuniladi. Bahrning ko'pligi buhur so'zi bilan ifodalanadi. Sakkizta aslning ettitasi alohida bahrlarni hosil qiladi. Xususan: - fa'uvlun rukni mutaqorib; - fo'ilun rukni mutadorik; - mafo'iylun rukni hazaj; - fo'ilotun rukni ramal; - mustaf'ilun rukni rajaz; - mutafo'ilun rukni komil; - mafo'ilatun rukni vofir bahrini hosil qiladi. Mazkur ruknlar bir bayt davomida necha marotaba takrorlanishiga ko'ra bahrning murabba' (to'rt), musaddas (olti) va musamman (sakkiz) shakllari yuzaga keladi. Yuqoridagi bahrlar bir xil ruknlarning takroridan hosil bo'lganligi uchun sodda bahrlar sanaladi. Aruziylar bundan tashqari turli asllarning birga qo'llanishidan yangi bahrlarni hosil qilishadi. Masalan: - fo'ilun va mafo'iylun asllarining qo'shilishidan madid; - mustaf'ilun va fo'ilun asllarining qo'shilishidan basit; - mustaf'ilun va maf'uvlotu asllarining qo'shilishidan munsarih bahri hosil bo'ladi va hokazo. Bunday bahrlar o'z navbatida tarkibli yoki murakkab bahrlar deb nomlanadi. Bahrlar miqdori o'zgaruvchan bo'lib, aruzning taraqqiy etishi barobarida ular ham oshib borgan. Xususan, XII-XII asrlar manbalarida o'n beshta bahr qayd etilgan bo'lsa, Alisher Navoiyning Mezon ul-avzon asarida o'n to'qqizta, Boburning Muxtasarida esa ariz va amiq bahrlari ham qo'shilgan holda ularning soni yigirma bittaga yetgan. Bahrlar va ularning tarkibi quyidagi jadvalda o'z ifodasini topgan: Jadvalda keltirilgan bahrlar orasida sari', jadid, qarib, xafif va mushokil bahrlari boshqalaridan farqli o'laroq faqat musaddas ya'ni oltilik (bir misrada uchta, baytda oltita rukn) shaklda qo'llanadi. Aniqrog'i, faqat musaddas shaklda ular aynan shu bahr hisoblanadi. Garchand, Bobur ularning murabba' shakllariga ham misol keltirgan bo'lsa-da, murabba' shaklda ular boshqa bahrga o'tib ketadi. Buni keyingi mashg'ulotlarda misollar tahlili orqali ko'rib o'tamiz. II. Aruz metodikasida bahrlarni yaxshi tushunish va eslab qolish uchun doiralardan foydalanishadi. Bunda bir-biriga yaqin bo'lgan bahrlar bir doiraga joylashtirilib, ularning afo'ili hamda misol tariqasida bir misra kiritiladi. Misrani qaysi so'zdan boshlab o'qishga ko'ra turli bahrlar hosil bo'ladi. Masalan: 1. Doirai muttafiqa - mutaqorib (fa'uvlun), mutadorik (fo'ilun). Yuzi rashki xurshidi anvar bo'lubtur v - - v - - v - - v - - Yuqoridagi misra ayni shu holatda o'qilganda mutaqoribi musammani solim (fa'uvlun fa'uvlun fa'uvlun fa'uvlun) vazni kelib chiqadi. Biroq misra: Rashki xurshidi anvar bo'lubtur yuzi - v - - v - - v - - v - - tarzida o'qilganda, mutadoriki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.76 KB
Ko'rishlar soni 156 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga