Baxshilar ijrochiligida epik xotira, bilim va dunyoqarashning o'rni

Baxshilar ijrochiligida epik xotira, bilim va dunyoqarashning o'rni

O'quvchilarga / Adabiyot
Baxshilar ijrochiligida epik xotira, bilim va dunyoqarashning o'rni - rasmi

Material tavsifi

bahshilar ijrochiligida epik xotira, bilim va dunyoqarashning o'rni Jonli og'zaki epik an'analarning davom etishi, taraqqiyoti bevosita bahshilar xotirasi, bilimi va dunyoqarashi bilan bog'liq holatlardandir. Aynan XIX asrning oxiri va XX boshlari ijodkorlari ijodida ana shu uchlik uzviy bog'liqlik asosida davom etdi. Shu boisdan ham bu davrda yashagan Fozil shoir, Po'lkan shoir, Islom shoir, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Abdulla Nurali o'g'li, Umir shoir Safarov, Mardonaqul Avliyoqul o'g'li kabi bir qator badihago'y bahshilar ustozlaridan o'rgangan dostonlarini keyingi avlod bahshilariga o'tkaza oldilar. Bu davrlarda epos ijrochiligi barqaror an'analarda uzviy yashayotgan edi. Bunday uzviylik bahshilar ijrochiligining shakllanishi, doston ijro etishlariga keng imkon yaratgan edi. Ko'pgina bahshi-shoirlar ustozlaridan o'rgangan terma va dostonlarini xotirada saqlab, bilimi hamda dunyoqarashida sayqallashtirib, badihago'ylik mahoratlarini namoyish qilganlar. Uzundan-uzoq nasriy va nazmiy matnlarni eslab qolish, ijro etish hamda keng auditoriya oldiga muntazam chiqish qilish va e'tibor qozonish bahshidan katta mahorat va iste'dod talab qilgan. Doston kuylash mahoratlarini shakllantirish maqsadida bahshilar tinimsiz izlanib, egallagan bilim va ko'nikmalarini mukammallashtirganlar. Shu asosda bahshichilik san'ati jonli an'analarda yashab, estetik ahamiyat kasb etgan. bahshichilik san'atida xotira, bilim va dunyoqarashning muhim rol o'ynashi, ijtimoiy-maishiy jarayonlar bilan bog'liq hodisalardandir. Chunki bahshining xotira va bilimida saqlagan doston kuylash usullari ijtimoiy jarayonlar bilan bog'lanishi shart bo'lgan holatlardandir. bahshining xotirasi bu-epik voqelik, obraz, klishe, formula va boshqa shunday doston ijrochiligiga xos an'anaviy sujet va kompozitsion tuzilmalardan iborat epik bilimlarni yodda saqlashdir. Demak, bahshichilik san'atida epik xotiraning o'ziga xos o'rni bor. bahshi xotirasida saqlangan an'anaviy doston kuylash usullari barqaror davom etdi. Ustoz bahshilar xotirasida saqlangan doston matnlari shogirdlar xotirasida shakllandi, dostonchilikning jonli an'analarda davom etishiga sabab bo'ldi. Epik xotiraviylik faqat doston matnlaridagi so'z bilan bog'liq holatlarni yodda saqlash emas, balki do'mbira jo'rligidagi ohanglarni ham birgalikda ilg'ash, kuy asosida doston ijro etish demakdir. bahshichilik san'atida so'z va soz birligi muhim o'rin egallaydi. bahshi o'zi ishtirok yetmagan epik voqelikni dunyoqarashda shakllantirib, voqealar jarayonida ruhiy holatlarni tasvirlaydi, dramatik rol bajaradi. Shu asosda tinglovchilar auditoriyasini o'ziga jalb qilib, badihago'ylik talantini namoyish qiladi, usta bahshi bo'lib shakllanadi. Rus folklorshunosi B.N.Putilov ta'kidlaganidek: bahshi qo'shiqning muayyan matnini uning ohangi bilan birga xotirasida saqlashi kerak. Ohangni bilish matnning xotirada saqlashi va qayta tiklanishiga yordam beradi, lekin u baribir matnning xotirada qattiq muhrlanib qolishiga kafolat bermaydi. Qo'shiq matni o'z-o'zicha unutilishi, chalkashib ketishi, buzilishi mumkin. Agar ohang unutilsa, bahshi eng yaxshi holda qo'shiq matnining konspektini tiklashga qodir bo'lishi mumkin, xolos. bahshi do'mbiraning ohangi asosida xotira prizmasida saqlagan doston voqealarini ko'z o'ngida gavdalantirib, badiha qiladi. bahshilar ijrochiligida epik bilimlilikning ham o'ziga xos ahamiyati bor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.77 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.77 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga