Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos va munaqqid

Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos va munaqqid

O'quvchilarga / Adabiyot
Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos va munaqqid - rasmi

Material tavsifi

Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos va munaqqid мavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI M u n d a r i j a KIRISH….…… I BOB. АDABIY TANQIDCHILIK VA BAXTIYOR NAZAROV IJODI 1.1. Baxtiyor Nazarov - adabiyotshunos olim …… 1.2. Baxtiyor Nazarovning ilmiy faoliyati qirralari …… II BOB. MUNAQQIDNING ILMIY JARAYONGA MUNOSABATI 2.1. Baxtiyor Nazarov Qodiriy va G'afur G'ulom ijodining tadqiqotchisi … 2.2. Davr va adabiy jarayon tadqiqi …… Хулоса Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati K I R I S H Mavzuning dolzarbligi. Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch, osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor, o'z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Bunday vaqtda albatta, ma'naviy yuksalishga, insonlar dunyoqarashining o'sishiga katta ehtiyoj paydo bo'ladi. Bu esa, albatta, ma'naviyatni yuksaltiruvchi bosh omil-badiiy adabiyot , adabiyotshunoslik va tanqidchilik bilan chambarchas bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev haqli ravishda ta'kidlaganlaridek, Bizning eng katta boyligimiz - bu xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir. Yurtboshimizning O'zbekiston FA akademiklari va universitet rektorlari bilan o'tkazgan samimiy muloqotlari chog'ida ham ilm- fanimiz taraqqiyotiga katta ulush qo'shgan olimlarimizga hurmat va ehtiromli munosabatda bo'lish hayotiy zarurat, vorisiylikni ta'minlovchi bosh omil ekani alohida ta'kidlandi. Binobarin, ushbu risolaning yuzaga kelishi ham ilm-fan zahmatkashlaridan birining ijodiy portretiga xos ayrim chizgilarni ko'rsatish yo'ldagi kichik bir urinishdir. Shu ma'noda, adabiyotning uzviy qismi bo'lgan adabiy tanqidni o'rganish badiiy adabiyotni teranroq anglashga asos bo'ladi. Ijodiy jarayonning, adabiyotning asosiy bunyodkori - bu yozuvchi va shoirlardir. Adabiyotshunos tahlil orqali ularni saralaydi. Chinakam adabiyotshunos esa asarni to'g'ri baholaydi va kitobxonga kerakli xulosa beradi. Ijodkorlarning mashaqqatli mehnatini baholash o'ta murakkab masala sanaladi. Haqiqatan ham, insonning hissiyotlari, uning ruhiy olamini tasvirlab beradigan, qanchadan-qancha buyuk zotlar ham ojiz qolgan bu hayotning azaliy va abadiy sadolarini aks ettiradigan ijod sohasida ma'lum meyorlar mexanizimini ishlab chiqishning o'zi qiyin. Bunday ijod mahsuliga baho berish esa undan ham mushkul. Shu boisdan ham, azaldan adabiyot sohasida Adabiy tanqid ning o'rni beqiyos bo'lgan. Ammo ta'kidlash kerakki, adabiyotshunosligimizda aynan badiiy tanqid bilan shug'ullanuvchi adabiyotshunoslarning faoliyati to'la darajada o'rganilmagan. Bu soha vakillari beye'tibor qoldirilgan, degan fikrdan yiroqmiz, albatta. Jumladan, akademik Baxtiyor Nazarovning adabiy tanqidchi va adabiyotshunos sifatida nom qozongan akademik, Naim Karimov, Salohiddin Mamajonov, Matyoqub Qo'shjonov, Norboy Xudoyberganov, No'monjon Rahimjonov, Ulug'bek Hamdamov, Suvon Melilar haqida bildirgan fikrlari e'tiborga molik. Suvon Meli ko'pincha boshqalar e'tiboriga tushmagan yoki e'tibor bermagan masalalarni ko'tarib chiqishga va o'z qarashlarini o'tkazishga intiladi. Bazilar unga qo'shilmas, yana kimlardir uning qarashlarida zo'rma zo'rakilikni ko'rib, inkor etar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.77 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.77 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga