Bayoniy hayoti, ijodi va adabiy merosi Reja: Bayoniy yashagan oilaviy va adabiy muhit; Bayoniy ijodining o'rganilishi; Bayoniy tarixchi olim va tarjimon; Bayoniyning adabiy ilmiy merosi. Muhammad Yusuf Bayoniy 1858 yili Xiva xonlaridan biri 1804-1806 yillari xonlik qilgan Eltuzarxonning o'g'li Bobojonbek Olloberdi to'ra oilasida tug'ilgan. U yoshligidan saroy muhitidagi maktab va madrasada zamonasining zabardast olim muallimlaridan saboq olib ulg'ayadi. Munis va Ogahiylar ta'sirida dunyoqarashi shakllanadi. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Bedillar she'riyatini mehr bilan mutoala qilish bilan birga arab va fors tillarini ham qunt bilan o'rganadi. Saroyda tez-tez bo'lib turadigan Navoiyxonlik, Fuzuliyxonlik singari she'rxonliklarning yosh muhlii sifatida doim ishtirokchisi bo'lar edi. Unga ayniqsa, Ogahiy ijodi yoqar edi. Uning g'azallariga tashabbular qilish bilan she'riyat olamiga kirib kelgan Muhammad Yusuf, o'zi bilgan haqiqatni misralarga tushirishini ijodiy usul sifatida qabul qilgan. Ehtimol tahallus tanlashiga ham o'zidagi manashu xususiyat sabab bo'lgandir. Ilmga chanqoq Muhammad-Yusuf xonlik ma'muriyatida xizmat qilishdan ko'ra adabiyot va ilm bilan shug'ullanishini ustun qo'yadi. Munis va ogahiyni ustoz bo'lib , ularnining ishlarini davom ettirishni ma'qul qo'yadi . Uning dastlabki she'rlarini xiva adabiy muhiti va umuman Xorazimlik adabiyot ihlosmandlari intiq kutib oladilar. O'sha davrda Xorazmda tartib berilgan tazkira va bayozlarning aksariyatiga Bayoniyning she'rlari kiritilgan.Bayoniyning she'riy mahorati va ilmiy salohiyati haqida shoir Ahmad Tabibiy bunday deb yozadi ; « Bayoniyki bor shoiri hush bayon, So'z ichra qilur durri gavxar ayon. Bu asli xon xonadonidin erur , So'zi ruhi el jismiga jon erur. Muhammad Yusufbek nomi aning , Xusul aylamak ilm komi aning» Bayoniyning adabiy merosini ilmiy tadqiq qilish asosan 1958 yilda nashr etilgan O'z.R.F.A. ning «Aspirantlar to'plami» dagi: M.Yo'ldashevning «Xorazm tarixidan qimmatli manba» va +.Munirovnin «Bayniy» sarlavhli maqolalari bilan boshlangan. 1960 yili nashr qilingan O'z.R.F.A.ning «O'zbek adabiyoti» IV tomligining IV-.I-kitobida Bayoniy adabiy merosidan namunalar berilgan. Shuningdek o'sha yili nashr etilgan +.Munirovning «Munis,Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari» manografiyasida xam Bayoniyning adabiy merosi haqida ma'lumot berilgan. Muammo: Bayoniy qaysi tabaqa vakili? Nima uchun u toj-taxtga da'vogarlik qilmagan? Uning ustozlarini bilasizmi? Muhammadyusuf Bayoniy 1858 yili Xivada Bobojonbek oilasida tug'ilgan. Bobojonbek 1804 yili 06 yillarda Xiva xoni bo'lgan Elto'zarxoning o'g'li edi. Muhammadyusuf esa Elto'zarxoning nabirasi edi. Muhammyusuf yoshligidan ilmga chanqoq edi. Uning bolaligi ezgulikka da'vat etuvchi olimu fozillar davrasida o'tadi. Shuning uchun u diniy va dunyoviy ilimlar keng va chuqur o'rganadi, ixlos qo'yadi xonlik ishlariga aralashmaydi. U o'z zamonasining mashxur shoiri, tarixchi olimi, musiqashunosi, xattoti va tarjimoni bo'lib yetishadi. Arab, fors tillarini yaxshi bilgan, tabobat ilmini puxta o'rgangan olim sifatida dong taratadi. U suls, kufiy, rayxoniy, shikasta xatlarini yaxshi o'zlashtirgan, tanbur ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:22:25
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.89 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:22 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
449.89 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:57 ]
Arxiv ichida: doc